Endoterm organizmlar (endo... va yun. — issiq) — tana harorati yuqori boʻlgan issiq qonli hayvonlar. Endoterm organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladigan energiya hisobidan tana haroratining doimiyligi taʼminlanadi. Barcha gomoyoterm hayvonlar Endoterm organizmlar hisoblanadi.