George Enescu (talaffuzi: Jorje Enesku; 1881.19.8, hozirgi Jorje Enesku, Ruminiya — 1955.4,5 Parij) — rumin kompozitori, skripkachi, dirijyor, pedagog. Zamonaviy rumin kompozitorlik maktabi asoschisi. Vena (1893) va Parij (1899) konservatoriyalarini tugatgan. Uslubi milliy musiqa (leutarlar ijodi) hamda Yevropa kompozitorlik sanʼati (ayniqsa, musiqiy romantizm va impressionizm) anʼanalarining uygʻunlashuviga asoslangan. Ijodida insonning qismat ustidan erishgan gʻalabasi ("Edip" operasi, 1936, ijodning choʻqqisi; 3 simfoniya, 1905—18; Kamer simfoniya, 1954; soʻnggi kvartetlar, 1944—51 va boshqalar), Vatan (milliy quylarga asoslangan "Rumin poemasi", 1897; 2 rumin rapsodiyasi, 1901; skripka va fortepiano uchun 3 sonatasi, 1906 va boshqalar) va boshqalar mavzular yorqin ifodasini topgan. E. №99 yildan Yevropa va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlib jahonning eng yirik skripkachi va dirijyorlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Ulugʻvor va joʻshqin ijro uslubi mukammal texnikaga asoslaigan. Keng qamrovli repertuaridan mumtoz (Bax, Motsart, Betxoven, Brams va boshqalar) va zamonaviy (ayniqsa, frannuz), shuningdek, rumin kompozitorlari asar lari oʻrin olgan. 1958-yildan Buxarestda E. nomidagi Xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi.

George Enescu
Tavalludi 19-avgust 1881[1][2]
Vafoti 4-may 1955[1][2]
Fuqaroligi Ruminiya va Fransiya[3]

Manbalar tahrir