Epikur (miloddan avvalgi 341, Samos o. — miloddan avvalgi 270, Afina) — yunon faylasufi. 306 yildan Afinada yashagan, oʻz nomi bilan atalgan falsafa maktabiga asos solgan. E. 300 dan ortiq asar muallifi hisoblanadi. Lekin uning bir necha xati, aforizmlari va esda ligigina saqlanib qolgan. E. falsafani fizika (tabiat toʻgʻrisidagi taʼlimot), kanonika (bilish toʻgʻrisidagi taʼlimot, unda sensualizmga amal qilgan) va etikaga boʻlgan. E. fizikada Demokritning atomistika taʼlimotiga ergashdi. Son-sanoqsiz olamlar orasidagi fazolarda yashayotgan befarq xudolar mavjud deb bildi, lekin ularning koinot va odamlar hayotiga aralashuvini inkor etdi. U Platonning "gʻoyalar dunyosi", Aristotelning "birinchi turtki" va boshqalarning gʻayritabiiy kuchlar haqidagi gʻoyalariga qoʻshilmadi, olam sonsanoqsiz, cheksiz, doimiy harakatda va oʻzgarishda deb hisobladi. E.ning fikricha, jon moddiy, tana bilan bogʻliq, tana oʻlishi bilan u ham oʻladi.

Epikur (Έπίκουρος)
Tavalludi miloddan avvalgi 341, Samos oroli
Vafoti miloddan avvalgi 270, Afina
Fuqaroligi Qadimgi afina
Olgan taʼsirlari Demokrit, Pirron
Otasi Neocles[1]
Onasi Chaerestrate

E. kanonikaga doir qarashlarida dunyoni ilmiy bilish mumkinligini eʼtirof etdi. U kanonikaning maqsadi haqiqatni bilish, haqiqat mezonlarini topish va aniqlashda deb tushundi. E. etikasida adolat, doʻstlik, donishmandlik tushunchalari muhim oʻrin egallaydi. Adolat tushunchasini oʻzgaga zarar yetkazmaslik va undan zarar koʻrmaslik deb biladi. Uning fikricha, doʻstlikning asosida individning shaxsiy ehtiyoji yotadi; aqllilik — muvaqqat ezgulik, doʻstlik — abadiy ezgulik.

Odamlardan yiroq boʻlib yasha, degan fikr E.ning shiori boʻlgan. U. azobuqubatlarning boʻlmasligi, tanning sogʻlomligi va ruhning betashvishligi (ataraksiya)ni hayotning maqsadi deb bilgan. Uning fikricha, tabiatni bilish qoʻrquvdan, oʻlim dahshatidan, irimsirimlar va, umuman, dindan xalos qiladi.

Epikur (yun. Έπίκουρος) (miloddan avvalgi 341, Samos — miloddan avvalgi 270, Afina) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. Epikur qoʻlyozmalaridan bizgacha atigi bir nechasi yetib kelgan. Uning ishlari haqida asosan boshqa manbalar (shogirdlari, zamondosh faylasuflar) asarlari axborot beradi.

Epikur uchun falsafa vazifasi aponia deb atalmish baxtli, sokin, ogʻriq va qoʻrquvdan xoli hayotga erishishdir. Epikurga koʻra lazzat va ogʻriq orqali yaxshi-yomonni aniqlash mumkin (bu kunimizdagi moral relativizmga oʻxshab ketadi).

Havolalar tahrir




  1. (unspecified title)