Eri — Shimoliy Amerikadagi koʻl, Buyuk koʻllar sistemasida. Shimoliy qismi Kanadaga, jan. AQShga qarashli. Maydoni 25,7 ming km². Eng chuqur joyi 64 m, sathining balandligi 174 m. E.ga Detroyt daryosi quyilib, undan Niagara daryosi oqib chiqadi. E.ni SentKler daryosi Guron koʻli bilan, Niagara daryosi va Uellend kanali Ontario koʻli bilan birlashtirib turadi. Eri kanal sistemasi orqali Gudzon daryosi bilan bogʻlangan. Muhim portlari: Tolido, Klivlend, Buffalo, Eri (AQSH), PortKolborn (Kanada). Shimoliy sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan.