Eshakqurtlar — yengoyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub umurtqasiz hayvonlar; kenja turkum. Halq tilida "goʻshtketdi", "goʻsht oʻgʻrisi"-degan nomlari ham uchraydi.

Porcellio scaber va Oniscus asellus

Mingga yaqin turi maʼlum. Hamma yerda tarqalgan, nam va iliq hamda quruq yerlarda yashaydi. E., ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlarda koʻp. Rossiya, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ham uchraydi. Tanasi 1–50 mm, boshida uzun antennalari va kalta antennullalari bor. Koʻkrak oyoqlari 7 juft va bir shoxli boʻlib, ular yordamida harakatlanadi. Qorin oyoqlari 5 juft, bir shoxli. Yuragi qorin qismida, ayrim jinsli, urugʻlanishi ichki (baʼzi turlarida germafroditizm kuzatiladi). Koʻp turlari yer ustidakemiruvchilar uyasi, chumoli va termitlar inida, gʻorlarda, baʼzilari esa, suvda yashaydi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Baʼzi madaniy oʻsimliklarga zarar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etib, foyda keltiradi.

Kurash choralari: insektitsidlar sepib yoʻqotiladi.