Esna Boyd Robertson (1899-yil 21-sentabr — 1966-yil 13-noyabr oraligʻida yashagan) avstraliyalik tennischi boʻlib, 1922-yildan 1928-yilgacha Avstraliya chempionatida ketma-ket yetti marotaba ayollar oʻrtasidagi yakkalik finaliga chiqdi. U 1927-yilda Sylvia Lance Harperni magʻlub etib, oʻsha finallardan birida gʻolib chiqdi. Robertson 1922-yilda Avstraliya chempionatida birinchi ayollar oʻrtasidagi yakkalik finalida avstraliyalik Margaret Molesvortga qarshi oʻynadi.

Esna Boyd
Toʻliq ismi Esna Boyd Robertson
Mamlakat  Australia
Tugʻilishi 21-sentyabr 1899-yil
Melbourne, Viktoriya, Avstraliya
Vafoti 13-noyabr 1966
Shotlandiya
Yakkalik bahslar
Jami titullari 37
Eng yuqori pozitsiyasi No. 10 (1928, A. Wallis Myers)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (1927)
French Open 3R (1928)
Wimbledon QF (1925)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1922, 1923, 1926, 1928)
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1922, 1926, 1927)

The Daily Telegraph va Daily Mail gazetalaridan Wallis Myersning yozishicha, Robertson 1928-yilda dunyo reytingi boʻyicha eng yaxshi oʻyinchilar qatoridan 10-oʻrinni egallagan.[1]

Esna Boyd 1920-yillarda Avstraliya xalqaro chempionatining mutlaq gʻolib tennischilardan biri hisoblanardi. 1922—1928-yillarda u har safar yakkalik turnirining finaliga qadar yetib kelgan. U 1927-yilda hal qiluvchi bahsda 5: 7, 6: 1, 6: 2 hisobida magʻlub etib, ushbu musobaqada gʻalaba qozonish uchun oltinchi urinishlarini muvaffaqiyatli yakunladi. IUning Londondagi toʻrtta uchrashuvidan biri chorak finalda, ikkitasi toʻrtinchi raundda yakunlangan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Boyd 1899-yil 21-sentabrda Melburnda tugʻilgan. Otasi siyosatchi James Bond va onasi Emma Flora McCormack edi. Uning Alva ismli singlisi ham bor edi. Singlisining kasbi shifokor edi.[2] U 1929-yil 11-martda Angus Robertson bilan turmush qurdi va ularning 1930-yilda William ismli oʻgʻil va 1933-yilda Mary ismli qizi dunypga keldi.[3]

Grand Slam (Katta dubulgʻa) finallari tahrir

Yakkalik bahslar: 7 (1 unvon, 6 ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Raqib Hisob
Magʻlubiyat 1922 Avstraliya chempionati Oʻt   Margaret Molesworth 3-6, 8-10
Magʻlubiyat 1923 Avstraliya chempionati Oʻt   Margaret Molesworth 1-6, 5-7
Magʻlubiyat 1924 Avstraliya chempionati Oʻt   Sylvia Lance Harper 3-6, 6-3, 6-8
Magʻlubiyat 1925 Avstraliya chempionati Oʻt   Daphne Akhurst Cozens 6-1, 6-8, 4-6
Magʻlubiyat 1926 Avstraliya chempionati Oʻt   Daphne Akhurst Cozens 1-6, 3-6
Gʻalaba 1927 Avstraliya chempionati Oʻt   Sylvia Lance Harper 5-7, 6-1, 6-2
Magʻlubiyat 1928 Avstraliya chempionati Oʻt   Daphne Akhurst Cozens 5-7, 2-6

Juftlik: 6 (4 ta unvon, 2 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 1922-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Marjorie Mountain   Gwen Utz

  Floris St. George

1-6, 6-4, 7-5
Gʻalaba 1923-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Sylvia Lance Harper   Margaret Molesworth

  Beryl Turner

6-1, 6-4
Magʻlubiyat 1925-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Kathleen Le Messurier   Daphne Akhurst

  Sylvia Lance Harper

4-6, 3-6
Gʻalaba 1926-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Meryl O'Hara Wood   Daphne Akhurst

  Marjorie Cox Crawford

6-3, 6-8, 8-6
Magʻlubiyat 1927-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Sylvia Lance Harper   Louise Bickerton

  Meryl O'Hara Wood

3-6, 3-6
Gʻalaba 1928-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Daphne Akhurst   Kathleen Le Messurier

  Dorothy Weston

6-3, 6-1

Aralash juftliklar: 5 (3 ta unvon, 2 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 1922 Avstraliya chempionati Oʻt   John Hawkes   Gwen Utz

  Harold Utz

6-1, 6-1
Magʻlubiyat 1924 Avstraliya chempionati Oʻt   Gar Hone   Daphne Akhurst

  Jim Willard

3-6, 4-6
Gʻalaba 1926 Avstraliya chempionati Oʻt   John Hawkes   Daphne Akhurst

  Jim Willard

6-1, 6-4
Gʻalaba 1927 Avstraliya chempionati Oʻt   John Hawkes   Youtha Anthony

  Jim Willard

6-1, 6-3
Magʻlubiyat 1928 Avstraliya chempionati Oʻt   John Hawkes   Daphne Akhurst

  Jean Borotra

standart

Grand Slam yakkalik turniri xronologiyasi tahrir

Turnir 1922 1923 1924 1925 1926 1927 1928 1929 1930 1931 1932 1933 1934 Karyera SR
Avstraliya chempionati F F F F F V F A A A 2R A A 1/8
Fransiya chempionati 1 A A NH A A A 3R A A A A A A 0 / 1
Wimbledon A A A QF A A 4R A 4R A A A 1R 0 / 4
Amerika Qoʻshma Shtatlari chempionati A A A A A A A A A A A A A 0 / 0
SR 0 / 1 0 / 1 0 / 1 0/2 0 / 1 1/1 1/3 0 / 0 0 / 1 0 / 0 0 / 1 0 / 0 0 / 1 1/13

1923-yilgacha Fransiya chempionati faqat fransuz fuqarolari uchun ochiq edi. Parij yoki Bryusseld oʻynaladigan World Hard Court Championships(Jahon Qattiq Kort chempionati)(WHCC) 1912-yilda boshlangan va barcha millat vakillari ishtirok eta olardi. Ushbu turnirning 1922 va 1923-yillardagi natijalari bu yerda koʻrsatilgan. Olimpiada oʻyinlari 1924-yilda Parijda boʻlib oʻtganligi sababli WHCC oʻrnini egalladi. 1925-yildan boshlab, Fransiya chempionati barcha millat vakillari uchun ochiq edi, bu yerda natijalar oʻsha yildan boshlanadi.

Yana qarang tahrir

  • Kamida bitta „Katta dubulgʻa“ finaliga chiqqan barcha ayol tennischilarning chiqish vaqtlari

Manbalar tahrir

  1. Collins, Bud. The Bud Collins History of Tennis: An Authoritative Encyclopedia and Record Book. New York: New Chapter Press, 2008 — 695, 701 bet. ISBN 0-942257-41-3. 
  2. „Boyd, James Arthur (1867–1941)“. Australian Dictionary of Biography.
  3. „TENNIS STAR'S WEDDED BLISS.“. The Sunday Times (1930-yil 16-mart), s. 1 Section: First Section.