Esxatologiya (yun. ἔσχατον, esxaton — „oxir“, λόγος, logos — „gap“, „hikoya“) deb odamzot, tamaddun yoki olam yakuni (oxir zamon) mavzusiga bagʻishlangan teologiya, fizika, falsafa va futurologiya sohalariga aytiladi.[1]


Esxatologiya (yun. — soʻnggi va ... logiya) — olam va insoniyatning soʻnggi taqdiri, oxirat haqidagi diniy taʼlimot. Dunyoning paydo boʻlishi va halokati, tabiatdagi kuchlarning yashirin kurashi haqidagi qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan. E. gʻoyalari xristianlik va iudaizmda keng rivojlangan. Islomda esxatologik taʼlimot qiyomat tushunchasida ilgari surilgan.

Manbalar tahrir