Etil efir, dietil efir, C2H5OC2H5— oddiy efirlarning muhim vakili; oʻziga xos hidli, rangsiz, uchuvchan suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 116,3°, qaynash temperaturasi 34,5°, zichligi 714 kg/m3. Organik erituvchilarda eriydi, oʻzi ham koʻpgina organik moddalarni eritadi. Etil efir rezinani shishiradi. Sanoatda etil spirtiga 140° da sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Etil efir tibbiyotda umumiy narkoz (narkoz efiri) uchun, shuningdek, erituvchi sifatida ishlatiladi. Yonuvchi va portlovchi modda boʻlganligi sababli sanoatda kam qoʻllanadi. Zaharli, uning havodagi miqdori 300 mg/m3dan koʻp boʻlmasligi kerak.




{{stub} formulasi-(C2H5)2O