Etilatsetat, SN3 -SOOS2N5murakkab efir; yoqimli meva hidli, rangsiz uchuvchan suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi —82,4°, qaynash temperaturasi 77,1°, zichligi 900 kg/m3; suvda eriydi, spirt va efir bilan cheksiz aralashadi.

E. atsetaldegiddan va sirka kislotani etanol bilan eterifikatsshsh olinadi. E. nitrotsellyuloza, sellyuloid, alkid, vinil, polivinilatsetat smolalari, xlorkauchuk va boshqalar uchun erituvchi sifatida qoʻllanadi; spirtli aralashmasi atsetilsellyuloza, loklar va boshqalarni eritishda ishlatiladi. E. — narkotik modda, bugʻi shilliq pardaga taʼsir etadi, dermatitlar va ekzemaga sabab boʻladi. Havoda E. bugʻi 200 mg/m3dan koʻp boʻlmasligi kerak.