Evgeniy Borisovich Valitskiy (1929-yil 15-yanvarda tugʻilgan, Oʻzbekiston SSR) — sovet, oʻzbek futbol murabbiyi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1962).

Evgeniy Valitskiy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Evgeniy Borisovich Valitskiy
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR, SSSR
Sovet Ittifoqi SSSR
OʻzbekistonOʻzbekiston
Boʻyi 178 sm
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1947—1954 Sovet Ittifoqi Trud (Toshkent)
Sovet Ittifoqi Spartak (Toshkent)
Boshqargan klublari
1961
1962
1964
1964—1971
1972—1973
1973
1974
1975—1978
1978—1980
1981—1983
1984
1985—1986
1987—1988
1989
1990
1991—1992
1992
1993
1994
1997—1998
1999
2002
2003
Sovet Ittifoqi SKA (Toshkent)
Sovet Ittifoqi Sokol (Toshkent)
Sovet Ittifoqi Spartak (Andijon)
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Sovet Ittifoqi Yangiariq
Sovet Ittifoqi Yangiyer
Sovet Ittifoqi Andijonlik
Sovet Ittifoqi Spartak (Semipalatinsk)
Sovet Ittifoqi Aktobalik
Sovet Ittifoqi Neftyanik Fargʻona
Sovet IttifoqiNarimanovets
Sovet Ittifoqi Sohibkor
Sovet Ittifoqi Paxtakor assistent
Sovet Ittifoqi SKA/SKA-RShVSM
Sovet Ittifoqi Shaxtyor (Angren) assistent
Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston Umid (Toshkent) assistent
OʻzbekistonNavbahor assistent
Oʻzbekiston MHSK assistent
Rossiya Lada (Tolyatti) assistent
Oʻzbekiston MHSK assistent
Oʻzbekiston Doʻstlik assistent
OʻzbekistonMetallurg (Bekobod) assistent
Oʻzbekiston Qizilqum assistent
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Toshkentning „Trud“ (1947—1954), „Spartak“[1]. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, 1955—1957-yillarda — Toshkentning „Krylya Sovetov“, „Burevestnik“, SKIF jamoalari klublarida[2] oʻynagan.

SSSR chempionatining quyi ligasida Toshkentning SKA/SKA-RShVSM (Sverdlovets) (1961, 1989), Toshkentning „Sokol“ (1962), Andijonning „Spartak“/"Andijonlik" (1964, 1974), „Yangiariq“ (1972—1973), „Yangiyer“ (1973)[3], Semipalatinskning „Spartak“ (1975—1978-yil avgust), Aktobaning „Aktobalik“ (1978-yil avgust — 1980-yil), Fargʻonaning „Neftyanik“ (1981—1983), Xorazm viloyatining „Narimanovets“ (1984), Xalqobodning „Sohibkor“ (1985—1986) jamoalarida katta murabbiy boʻlib ishlagan.

SSSR, Oʻzbekiston va Rossiya jamoalarida murabbiylik qilgan, jumladan Toshkentning „Paxtakor“ (1964-1971, 1987-1988), Angrenning „Shaxtyor“ (1990), Toshkentning „Umid“ (1991—1992-yil sentyabr), Namanganning „Navbahor“ (1992-yil sentyabr-noyabr), MHSK (1993, 1997-1998), Tolyattining „Lada“ (1994), Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ (1999), Bekobodning „Metallurg“ (2002), Zarafshonning „Qizilqum“ (2003) jamoalarida murabbiylik qilgan.

Oʻgʻli Vyacheslav (1957—2015) — futbol hakami boʻlgan.

Yutuqlari tahrir

  • KFK oʻrtasida SSSR kubogi (1962, Toshkentning „Sokol“ klubi).
  • Umid kubogi (1963, Oʻzbekiston SSR).
  • Ikkinchi liga zona turniri gʻolibi (5):

·1977 (Semipalatinskning „Spartak“ klubi)
·1981, 1983 (Fargʻonaning „Neftchi“ klubi)
·1985, 1986 (Xalqobodning „Sohibkor“ klubi)[2]

35 nafar SSSR sport ustalarini tayyorlagan[4].

Manbalar tahrir