Fabrika (lot. fabrica — ustaxona) — mashina tizimlarini qoʻllashga asoslangan sanoat korxonasi, yirik mashinalashgan ishlab chiqarish shakli. F. 18-asr oxiri va 19-asrning 1-choragida paydo boʻldi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, shuningdek, Oʻzbekistonda tarixan "f." tushunchasi yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalariga nisbatan qoʻllaniladi.