Fargʻona davlat universiteti

Farg'onadagi universitetlar, O'zbekiston
(Fargʻona universitetidan yoʻnaltirildi)

Fargʻona davlat universiteti — 1930-yildan — 1991-yilgacha Fargʻona pedagogika instituti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1991- yildan Fargʻona davlat universiteti.

Fargʻona davlat universiteti
(FarDU)
Xalqaro nomi Fergana State University
Shiori

"Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay"

Imom al-Buxoriy
Asos solingan 1930 (1991)
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich
Talabalari

32 mingdan ortiq (2023-yil)

37 nafari xorijiy talabalar
Manzili Fargʻona shahri, Murabbiylar koʻchasi 19
40°23′18.1″N 71°46′29.5″E / 40.388361°N 71.774861°E / 40.388361; 71.774861 G O Fargʻona, Murabbiylar ko`chasi Oʻzbekiston
Vebsayti fdu.uz

Koordinatalari: 40°23′14.7″N 71°46′36.800000000007″E / 40.387417°N 71.77688888888889096°E / 40.387417; 71.77688888888889096 G O

Tarixi tahrir

Mustaqillik arafasida Farg‘ona davlat pedagogika instituti nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki O‘zbekistonning eng yirik va nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri edi. 1989-1990-o‘quv yilida institutning 46 ta kafedrasida 530 dan ortiq professor-o‘qituvchilar mehnat qilar edilar. Ulardan 15 nafari fan doktori va 200 nafari fan nomzodi edilar. Oliy o‘quv yurtining 9 ta fakultetidagi kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarida 7,9 ming talaba ta’lim olardi. Institut tashkil topgan kundan 1990-yilga qadar 43 mingdan ziyod oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlandi. Istiqlolga erishish ostonasida Farg‘ona pedagogika instituti bazasida universitet tashkil etish masalasi ham o‘rganib chiqildi.

1991-yil 1-martda Farg‘ona shahrida Pedagogika instituti negizida yangi oliy o‘quv yurti – universitet tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, mustaqillik e’lon qilinishi arafasida vodiyda birinchi, Respublikada esa to‘rtinchi universitet – Farg‘ona davlat universiteti tashkil etildi. Universitetning birinchi rektori etib, fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Q.Qoraboev tayinlandi.

Keyingi yillarda universitetga fizika-matematika fanlari doktori, professor E.A.Abdullaev (1996-1999-yy.), fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Q.O‘rinov (1999-2004-yy.), iqtisod fanlari doktori, professor M.Q.Ziyaev (2004-2005-yy.), biologiya fanlari doktori, professor M.H.Ahmedov (2005-2013-yy.), iqtisod fanlari doktori, professor Sh.X.Tashmatov (2013-2016-yy.), kimyo fanlari doktori, A.X.Xaitbaev (2016-2018-yy.), texnika fanlari doktori, R.H.Maksudov (2018-2021-yy.)lar rahbarlik qildilar.

2021-yilning iyun oydan boshlab Farg`ona davlat universitetiga pedagogika fanlari doktori, professor Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Farg‘ona davlat universitetining tashkil etilishi viloyat va butun vodiyning ijtimoiy va madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Universitet maqomidagi oliy o‘quv yurtining vujudga kelishi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki mintaqada ilm-fan taraqqiyoti uchun ham yangi ufqlar ochib berdi. Farg‘onada universitetning ochilishi bu erda yangi kadrlar va tadqiqotlar markazlarini tashkil etish, keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish hamda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishga munosib hissa qo‘sha boshladi.

«Moziyga qaytib ish ko‘rish – xayrli», deydilar. Farg‘ona davlat universiteti o‘zining shonli boy tarixiga ega. Bu tarix bevosita oldingi Farg‘ona davlat pedagogika instituti faoliyati bilan uzviy bog‘liq.

Farg‘ona oliy pedagogika instituti tashkil topganida uning tarkibida kolxozchi yoshlar fakulteti va ijtimoiy-iqtisodiy hamda tabiyot-biologiya bo‘limlari bo‘lgan. Dastlab institutga atigi 120 nafar talaba qabul qilindi.

Farg‘ona oliy pedagogika institutining birinchi direktori etib professor A.M.Krasnousov tayinlandi. Institut zimmasiga dastlab kolxozchi yoshlar maktablari uchun oliy malakali o‘qituvchi kadrlar tayyorlash va maktablarga uslubiy xizmat ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.

Dastlab institutga faqat bitta bino – 1902 yilda G.M.Svarichevskiy loyihasi asosida qurilgan sobiq o‘g‘il bolalar gimnaziyasi binosi ajratilganligi sababli o‘quv xonalari, talabalar uchun turar-joy binolari yetishmasdi.

Abiturientlarni institutga qabul qilish borasida ham talay muammolar mavjud edi. Masalan, maktablarda ta’lim-tarbiya darajasi past bo‘lganligi sababli ko‘p abiturientlar mustahkam bilimlarga ega emas edilar. 1930-yilning birinchi semestrida institutda 140 nafar talaba o‘rniga 120 nafar talaba ta’lim ola boshladi. Institut direktori professor A.M.Krasnousov rahbar organlarga yozgan bildirishnomasida qabul qilingan ayrim talabalarning umumiy bilim darajasi va ijtimoiy-siyosiy saviyasi pastligini e’tirof etgan edi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 1930-yil 6-mayda O‘zbekiston maorif xalq komissarligi kollegiyasida «Farg‘ona shahridagi oliy pedagogika instituti komplektlanishining borishi to‘g‘risida»gi masala muhokama etildi. Qabul qilingan qarorda Samarqand shahridagi 1- va 2-sonli hamda Toshkentdagi 3-sonli erkaklar pedagogika texnikumlari bitiruvchilarini Farg‘ona pedagogika institutiga o‘qishni davom ettirish uchun yuborish ko‘zda tutildi. O‘qishga qabul qilingan talabalarga ma’lum imkoniyatlar yaratish maqsadida maorif xalq komissarligi 1930-yil 5-iyunda Farg‘ona pedagogika instituti talabalari stipendiyalarini oshirish va uni o‘rta hisobda 50 so‘mga etkazishga qaror qildi. O‘z vaqtida yetarli darajada o‘rta ma’lumot ololmagan ishchi-dehqon yoshlarini institutga kirishga tayyorlash maqsadida uchta maxsus ishchi fakultetlari (rabfaklar) tashkil etildi, ulardan bittasi o‘zbek qizlari uchun mo‘ljallangan edi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, 1930-yilning kuziga kelib, Farg‘ona oliy pedagogika institutiga rejada belgilangandan ko‘proq talabalar qabul qilindi, ularning sifat tarkibi birmuncha yaxshilandi. 1930-yilning 16-oktyabrida institutda ta’lim olayotgan talabalar soni 160 tani tashkil etdi. Qabul qilingan talabalarning 75 nafari o‘zbeklar bo‘lib, ulardan 19 tasi xotin-qizlar edi.

Yangi tashkil topgan institutni malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega edi. Sobiq SSSR maorif xalq komissarligining yo‘llanmasi bilan Farg‘onaga bir guruh Rossiyalik taniqli olimlarning kelishi institutni yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini berdi. 1930-yilning sentyabriga kelib, Farg‘ona oliy pedagogika institutida 23 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatardi. Ulardan 4 nafari professor va 6 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega edi. Institut faoliyat ko‘rsata boshlagan dastlabki davrda bu erda professorlardan E.E.Sirotin fizikadan, S.A.Averinsev zoologiyadan, B.Cho‘ponzoda, V.M.Chistyakov filologiyadan, A.V.Lankov matematikadan, dotsentlar S.V.Petrechenko pedagogikadan, I.G.Volkov iqtisodiyotdan, V.A.Tenin, A.K.Kudrevatov va K.Ya.Parmenkovlar kimyodan, assistentlardan I.D.Nikolskiy botanikadan, A.K.Konchevskiy chizmachilikdan, A.K.Tislegin odam anatomiyasi va fiziologiyasidan, A.Qodirov tarixdan, G.G.Trolle fizikadan talaba-yoshlarga saboq berganlar.

Institut vodiyda yagona oliy o‘quv yurti bo‘lganligi bois, bu erda nafaqat maorif, balki xalq xo‘jaligining boshqa sohalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi uchun ham kadrlar tayyorlash zarur deb topildi. Shuning uchun ham, O‘zbekiston maorif xalq komissarligi kollegiyasining 1931-yil 13-yanvarda qabul qilgan qaroriga binoan, institutda agronomiya bo‘limi ochildi. Farg‘ona oliy pedagogika institutining nomi «Agronomiya-pedagogika instituti» etib o‘zgartirildi. Institut direktori etib B.Qoriev tayinlandi. Agropedagogika instituti tarkibida til va adabiyot, fizika-matematika, kimyo va biologiya hamda agropedagogika bo‘limlari tashkil etildi. Institutning vazifalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha ikkita bo‘lim – maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari tarbiya bo‘limlari ham faoliyat ko‘rsata boshladi.

Ammo tez orada institutning nomi va tarkibi yana o‘zgartirildi. Bu hol mamlakatda umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish bilan bog‘liq edi. Maktablar yoshlarga chuqur bilim berishi, ularni texnikumlar va oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlashi lozim edi. Ya’ni maktab, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida ta’limning davomiyligi va uzluksizligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan, 1932-yilning yanvaridan boshlab institutda kolxozchi yoshlar maktablari uchun fanlar turkumidan dars beruvchi o‘qituvchilarni emas, balki umumta’lim maktablari, texnikumlar hamda ishchi fakultetlari uchun aniq fanlardan dars bera oladigan o‘qituvchi kadrlar tayyorlashga o‘tildi. Shuningdek, institut tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi: agropedagogika bo‘limi yopildi, fizika-matematika va kimyo-biologiya bo‘limlari esa alohida fanlarga ixtisoslashgan fakultetlarga bo‘lindi. Natijada institutda 6 ta fakultet tashkil etildi. Bular til va adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya va tarix fakultetlari edi. Institutning tarkibi va vazifalariga mos ravishda uning nomi o‘zgartirilib, Farg‘ona davlat pedagogika instituti deb atala boshlandi. 1933-yilning may oyidan 1937-yilning sentyabrigacha institutni yangi direktor G.P.Ijbuldin boshqardi.

Respublikada xalq maorifining tez rivojlanishi oliy malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi. Shu boisdan boshqa oliy pedagogika o‘quv yurtlari singari Farg‘ona davlat pedagogika institutida ham kadrlar tayyorlash ko‘lami kengaya boshladi. Yildan-yilga o‘qishga qabul qilingan talabalarning soni oshdi. Shunga mos ravishda institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning soni ko‘payib, ilm dargohining moddiy-texnikaviy bazasi mustahkamlanib bordi.

Institut faoliyatining dastlabki bosqichida yildan-yilga talabalarning sifat tarkibi yaxshilanib bordi. Tolibi ilmlar orasida mahalliy millatga mansub yoshlar va xotin-qizlarning salmog‘i oshib borganligi diqqatga sazovordir. Agar 1930-yilda 160 nafar talabadan 113 nafari o‘zbek va 16 nafari boshqa mahalliy millat vakillari bo‘lgan bo‘lsa, 1938-1939-o‘quv yilida kunduzgi bo‘limda ta’lim olayotgan 414 talabadan 184 nafari o‘zbek, 4 nafari tojik va 8 nafari qirg‘iz millatiga mansub edi. Institut tashkil topganida 19 nafar xotin-qizlar o‘qishga qabul qilingan edi. 1938-1939-o‘quv yilida esa ularning soni 123 tani tashkil etdi.

Institut professor-o‘qituvchilarining sifat tarkibi ham yaxshilanib bordi. Rossiyaning markaziy shaharlaridan taklif etilgan mutaxassislar bilan birga institutda O‘rta Osiyo davlat universiteti va RSFSR oliy o‘quv yurtlarini bitirgan yosh o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsata boshladi. 1933-yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining soni 46 kishini tashkil etdi. Ulardan 10 nafari professor va 15 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega edilar. 1938-1939-o‘quv yilida esa institutda professor-o‘qituvchilarning soni 118 taga etdi, ulardan 7 nafari professor, 66 nafari dotsent va katta o‘qituvchilar edi.

Institutni birinchilar qatorida bitirib chiqqan yosh mutaxassislar orasida keyinchalik akademik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan Vohid Abdullaev ham bor edi. O‘sha davrlarni eslab, u quyidagilarni yozgan edi: «Men institutning birinchi qaldirg‘ochlari qatorida tahsil ko‘rib, 20 yoshimda madaniyat va ma’naviyat frontiga otlangandim. Ilmiy izlanishlar, baholi qudrat qilgan xizmatlarimga yarasha faxriy unvonlar, orden va medallar sohibi bo‘lishimdan qat’i nazar, hali ham o‘sha talabalik davrim, otashqalb yoshligim bilan yashayman. O‘qiyman, o‘rganaman, kitoblar yozaman. Zero, institutim, zabardast professorlarimiz meni ham, tengdoshlarimni ham ana shunday ruhda tarbiyalaganlar».

Ta’lim sifatining yaxshilanib borishida institut moddiy-texnikaviy bazasining mustahkamlanishi muhim ahamiyatga ega edi. 1939 yil institutda 2 ta o‘quv binolari (hozirgi fizika-metematika hamda tarix va iqtisod fakultetlari binolari) ishga tushirildi. Auditoriya fondi ko‘payib, yangi o‘quv laboratoriyalari va kabinetlar tashkil etildi. Urushdan oldingi yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti hayotida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarda 1937-1939-yillarda direktorlik lavozimida ishlagan I.M.Presnuxin, 19391940-yillarda institutga rahbarlik qilgan Ya.Veliev va 1940-1942-yillarda ishlagan L.R.Sadikovlarning xizmatlari katta bo‘ldi.

1936-yildan boshlab institutni bitirgan talabalarga diplomlar differensial (farqli) yondashilgan tarzda beriladigan bo‘ldi. 1938-yildan a’lochi va jamoatchi talabalarga imtiyozli (qizil) diplomlar berila boshlandi.

30-yillarda O‘zbekiston ijtimoiy hayotining ko‘pgina sohalarida mahalliylashtirish siyosati amalga oshirildi. Bu siyosatning asosiy mazmuni boshqaruv, sanoat, maorif va boshqa tarmoqlarda mahalliy aholi – o‘zbek millati vakillari sonini oshirishdan iborat edi. Mahalliylashtirish Farg‘ona davlat pedagogika instituti uchun ham muhim bo‘lgan, chunki professor-o‘qituvchilarning ko‘pchiligi rusiyzabon mutaxassislardan iborat edi. Masalan, 1933-1934-o‘quv yilida institutda ishlayotgan 46 nafar o‘qituvchidan atigi 17 nafari mahalliy millat vakillari edi, xolos. Mazkur muammoni hal etish maqsadida turli fakultetlarda ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni tanlab olish va o‘qishni bitirganlaridan so‘ng ularni institutda ishga olib qolishga asosiy e’tibor qaratildi. 1938-1939-o‘quv yiliga kelib, 63 nafar professor-o‘qituvchilardan 32 nafari mahalliy millatlarga mansub edi.

Farg‘ona davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish bilan birga jamoat ishlarida, shahar va viloyatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etardilar. Professor-o‘qituvchilar kolxozlarda, tashkilot va muassasalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borib, turli mavzularda ma’ruza qilar edilar. Talabalar esa paxta yig‘im-terimida, Log‘on va Katta Farg‘ona kanali qurilishida faol qatnashdilar. 1939-yilda Katta Farg‘ona kanali qurilishida ishtirok etgan 650 nafar talabaning 175 nafari hukumat mukofotlari, nishon va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

1930-yilda Farg‘ona oliy pedagogika instituti huzurida ham kechki pedagogika instituti tashkil etildi. Bu institut zimmasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qituvchi kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi. Kechki pedagogika institutida o‘qish muddati uch yil etib belgilandi. Ta’lim-tarbiya ishlarini dastlab jamoatchilik asosida Farg‘ona oliy pedagogika instituti professoro‘qituvchilari amalga oshirdilar. Andijon va Marg‘ilon shaharlarida Farg‘ona kechki pedagogika institutining filiallari ochildi. Institut ma’muriy jihatdan Respublika xalq maorifi komissarligi huzuridagi O‘qituvchilar malakasini oshirish markaziy institutiga bo‘ysundirildi.

1932-1933-o‘quv yilida kechki pedagogika institutining Farg‘ona, Andijon va Marg‘ilon bo‘limlarida ta’lim olgan talabalarga ilk marotaba oliy ma’lumot olganliklari haqidagi diplomlar topshirildi. Kechki pedagogika institutini bitirgan mutaxassislar vodiy o‘qituvchilari safiga qo‘shildilar.

Ammo Farg‘ona vodiysida o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj hamon yuqori edi. Shu boisdan Farg‘ona davlat pedagogika instituti qoshida ikki yillik o‘qituvchilar institutini ochishga qaror qilindi. 1935-yilning 1-sentyabrida Farg‘ona o‘qituvchilar institutiga 120 nafar talaba qabul qilindi. Ulardan 60 nafari tarix fakultetida, qolgan 60 nafari esa fizika-matematika fakultetida ta’lim oldilar.

Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston xalqi uchun, jumladan, endi oyoqqa turib borayotgan Farg‘ona davlat pedagogika instituti jamoasi uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi.

Urush mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun» degan shior barcha davlat tashkilotlari, muassasalar, barcha fuqarolar faoliyatining asosiy mazmuniga aylandi. Urushning dastlabki yilidayoq institutning ko‘p professor-o‘qituvchilari va talabalari frontga jo‘nab ketdilar. Natijada Farg‘ona davlat pedagogika insitutida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. FDPI qoshidagi kechki institut, tabiyotshunoslik fakulteti, qator kafedralar, laboratoriya va kabinetlar vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi.

1941-1942-o‘quv yili odatdagidek 1 sentyabrdan emas, 1 avgustdan boshlandi. 6 soat o‘rniga 7 soatlik o‘quv soati joriy etildi. Mashg‘ulotlar yangidan tasdiqlangan 3 yillik o‘quv rejalari asosida olib borildi. Shu yilning oktyabr oyida muddatidan ilgari davlat imtihonlari o‘tkazilib, 50 nafar bitiruvchi bosqich talabalariga diplomlar topshirildi. Urush yillarida institutda me’yordagi o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish oson bo‘lmadi. Ammo bu qiyinchiliklardan qat’iy nazar, institut jamoasi o‘z faoliyatini urush sharoitiga mos ravishda qayta tashkil etib, kadrlar tayyorlash ishini uzluksiz davom ettirdi.

Og‘ir sinovlar davrida institutga 1942-yildan 1955-yilga qadar Aleksandr Fedorovich Kolosov boshchilik qildi. A.F.Kolosov urush yillarida institutning me’yordagi faoliyatini ta’min etish, keyinchalik esa uning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, ilm dargohiga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish bobida diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirdi.

Urush yillarida FDPI olimlari markazdan Farg‘ona shahriga ko‘chirib kelingan oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar. Bu davrda Moskvadan Farg‘onaga 2 ta oliy o‘quv yurti – sharqshunoslik va ikkinchi meditsina institutlari ko‘chirib kelingan edi. Mahalliy hokimiyat organlari bu oliy o‘quv yurtlari jamoasini iliq kutib olib, ularga o‘quv mashg‘ulotlari, laboratoriya va kutubxonalari, yotoqxonalari uchun binolar ajratdilar. O‘z navbatida, ko‘chirib kelingan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari pedagogika instituti jamoasiga o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda, milliy kadrlarni tayyorlashda yaqindan ko‘mak berdilar.

Farg‘ona pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘qish va front orqasida zarbdorlarcha mehnat qilish bilan bir qatorda, janggohlarda ham dushmanga qarshi kurashda mardlik va matonat ko‘rsatdilar. Ular orasida turli davrlarda institutda ishlagan professor-o‘qituvchilar va xodimlardan D.Bektoshev, M.D.Abramov, B.Farmonov, I.Farmonov, V.N.Sidoronko, M.Valixonov,I.Inomov,M.G‘oyibov,N.E.Petlitsa, A.S.Gurtovenko, P.P.CHernov, A.Qodirov, X.M.O‘rmonov, O‘.Xolmatov, M.Musaev, M.Mavlonberdiev, N.I.Arjanov, I.Ahmedov,N.B.Ahmedov, YA.Afuzov, Z.K.Botirov, F.I.Vavilov, A.N.Mamanazarov,N.A.Lyubin, N.S.Rijkov, L.R.Sodiqov, N.K.Sobolev, J.Karimov, I.A.Ivanov, I.I.Kroxalyov, N.A.Burova va boshqalar bo‘lganlar. Institutda ta’lim olayotgan juda ko‘p talaba-yoshlar ham frontga safarbar qilindilar. Ular o‘z ustozlari bilan bir safda turib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Ikkinchi jahon urushi frontlarida Farg‘ona davlat pedagogika institutining o‘nlab talabalari ham fashist bosqinchilariga qarshi mardonavor jang qildilar. Ulardan biri fizika-matematika fakultetining talabasi Sirojiddin Valiev edi.

Urush tugagandan so‘ng xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish bilan bir qatorda, maorifga ham katta e’tibor berila boshlandi. Maktab shoxobchalarini kengaytirish, umumiy 7 yillik ta’limga o‘tish, o‘rta ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bu boradagi eng muhim vazifalar sanalardi. Bu vazifalarni hal etish esa, o‘z navbatida, oliy ta’limni rivojlantirishni, pedagog kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashni taqozo etardi.

Mahalliy boshqaruv organlari mavjud muammolarni hal etishda institut jamoasiga yaqindan yordam berdilar. Urush yillarida institut ixtiyoridan olingan o‘quv binolari va yotoqxonalar qaytarib berildi, o‘quv kabinetlari, laboratoriya va ustaxonalar ta’mirlanib, yangi jihozlar va uskunalar bilan ta’minlandi. Kutubxona fondi yangi kitoblar bilan boyitildi.

Urush tugagandan so‘ng institutni tiklash va kengaytirish vazifasi ko‘ndalang bo‘ldi. Maktablar uchun mehnat o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida muhandislik-pedagogika va agropedagogika fakultetlari ochildi. Qator yangi fakultetlar, bo‘lim va kafedralar faoliyat ko‘rsata boshladi. Kechki bo‘lim qayta tiklandi, sirtqi bo‘lim tashkil etildi. 1946-1947-yillarda institutda 6 ta fakultet bo‘lib, ularda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix, fizika-matematika, tabiiyot, geografiya mutaxassisliklari bo‘yicha oliy malakali o‘qituvchi kadrlar tayyorlanar edi.

Urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli jabhalarida kadrlar etishmasligi sababli oliy o‘quv yurtlarida ta’limning sirtqi shaklini rivojlantirish zarurati tug‘ildi. Shu boisdan Farg‘ona davlat pedagogika institutida sirtqi bo‘lim tashkil etildi. Bu bo‘limda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tahsil olayotgan talabalarning soni yildan-yilga ortib bordi. Farg‘ona davlat pedagogika hamda Farg‘ona o‘qituvchilar tayyorlash institutlarining sirtqi bo‘limlarida 1946-1947-o‘quv yilida 521 talaba o‘qigan bo‘lsa, 1950-1951-o‘quv yilida ularning soni 992 nafarga yetdi.

50-yillarda Respublika hukumati maorif xodimlari oldiga yangi vazifalar qo‘ydi. Ular orasida eng muhimi – Toshkent shahri va viloyat markazlarida umumiy o‘rta ta’limga o‘tish hamda butun Respublikada umumiy sakkiz yillik ta’limni joriy etish uchun etarli shart-sharoit yaratishdan iborat edi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning salmog‘ini yanada oshirish zarurati tug‘ildi. Bu muammo qisman o‘qituvchilar institutlarini davlat pedagogika institutlariga aylantirish yo‘li bilan hal etildi. 1951-yilning iyul oyida Farg‘ona o‘qituvchilar instituti pedagogika instituti bilan qo‘shib yuborildi. Natijada FDPI talabalarining soni ancha oshdi va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘lami kengaydi. 1959-1960-o‘quv yilida talabalar kontingenti 2030 nafarni tashkil etdi.

1958-yil 12-noyabrda «Maktabning hayot bilan aloqadorligini mustahkamlash va xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarorning qabul qilinishi munosabati bilan institut tarkibida hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘quv jarayoni uzviy ravishda ishlab chiqarish bilan bog‘landi. Fizika va ishlab chiqarish asoslari, muhandislik-pedagogika, agropedagogika, boshlang‘ich ta’lim metodikasi singari yangi fakultetlar tashkil etildi. Yangi o‘quv rejalarida talabalarning nazariy bilimlarini hayot bilan chambarchas bog‘lashga alohida e’tibor berildi. Bu ishlarni amalga oshirishda 1957-1963 yillarda institut rektori bo‘lgan S.Sagatovning xizmati katta bo‘ldi. Bu serg‘ayrat va jonkuyar inson o‘zining halol mehnati bilan oliy o‘quv yurti jamoasining katta hurmatiga sazovor bo‘ldi.

60-yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, talaba-yoshlarni fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari bilan qurollantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘rta maktablar uchun xorijiy tillar o‘qituvchilari tayyorlash maqsadida institutda maxsus bo‘lim ochildi. Bu bo‘lim 1967-yilda alohida fakultetga aylantirildi. Ishchi va dehqon yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash uchun 1971-yilda institut qoshida tayyorlov bo‘limi ochildi. Bu erda Farg‘ona, Qo‘qon va Jizzax pedagogika institutlari uchun abiturientlar tayyorlanardi.

1964-1965-o‘quv yilida institutning 8 ta fakultetida 16 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar tayyorlanar edi. Bular matematika va chizmachilik, matematika, fizika va matematika, fizika va ishlab chiqarish asoslari, fizika va kimyo, sanoat ishlab chiqarish asoslari, qishloq xo‘jaligi asoslari, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, jismoniy tarbiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, boshlang‘ich ta’lim metodikasi singari mutaxassisliklar edi.

Institutning serqirra hayotida dekanatlar va kafedralar muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham 60-70-yillarda institut rahbariyati, jumladan, 1963-1966-yillarda institut rektori bo‘lgan akademik Q.Z.Zokirov, undan keyin 1966-1971-yillarda jamoaga rahbarlik qilgan professor G‘.A.Abdurahmonovlar dekanatlar faoliyatini yanada yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonida kafedralar rolini oshirish kabi masalalarga e’tiborni qaratdilar. Rektorat o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va nazorat qilish bilan bog‘liq qator ishlarni dekanatlar tasarrufiga o‘tkazdi. Fakultetlar hayotida fakultet kengashlari rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi.

Oliy o‘quv yurtlarida kafedralar asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. FDPI rahbariyati kadrlar tayyorlash ko‘lamining kengayib borishi va talabalar kontingentining ko‘payishini inobatga olib, yangi kafedralar ochishga, ularning faoliyatini takomillashtirishga katta e’tibor berdi. Agar 1960-1961-o‘quv yilida institutda 19 ta kafedra mavjud bo‘lsa, 1971-1972-o‘quv yilida ularning soni 25 taga, 1980-1981-o‘quv yilida esa 45 taga yetdi.

1966-yilning sentyabrida Farg‘ona davlat pedagogika institutiga birinchi toifali oliy o‘quv yurti maqomi berildi. Rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar, matematika fakultetlari uchun yangi o‘quv binolari qurildi va jihozlandi. 1963-1971-yillar davomida talabalar uchun 1859 kishiga mo‘ljallangan 4 ta yotoqxona, talabalar oshxonasi, 30 ming jild kitobga mo‘ljallangan kutubxona hamda o‘quv zali qurilib, foydalanishga topshirildi.

1971-1972-o‘quv yiliga kelib, FDPI moddiy-texnikaviy bazasi 75 ta auditoriyadan iborat 5 ta o‘quv korpusi, 25 ta kabinet, 30 ta laboratoriya, 5 ta yotoqxona, kutubxona, 500 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv zali, 8 ta ustaxona, 3 ta sport zali, biologik stansiya va Yordon qishlog‘idagi sport-sog‘lomlashtirish lageridan iborat edi. Kunduzgi va tayyorlov bo‘limlarining 2151 nafar talaba va tinglovchisi institut yotoqxonalarida istiqomat qilishardi. Bu davrda Farg‘ona davlat pedagogika institutiga B.Otaqulov rektorlik qilgan. Uning bevosita katta tashkilotchilik va rahbarligi ostida institutning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, moddiy-texnik bazasi har tomonlama rivojlandi va mustahkamlandi.

Institutda ochilgan yangi mutaxassislik – «Boshlang‘ich harbiy ta’lim va jismoniy tarbiya» mutaxassisligi uchun o‘quv va sport maydonchalari qurildi. Rus filologiyasi fakulteti auditoriya va kabinetlarini jihozlash oxiriga etkazildi. 1980-1981 o‘quv yilida institut ixtiyorida 8 ta o‘quv korpusi bo‘lib, ularda 230 ta auditoriya, 124 ta kabinet va laboratoriya (ulardan 58 tasi texnikaviy vositalar bilan jihozlangan edi), 2 ta kutubxona, 8 ta o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi, 5 ta sport zali, 4 ta basketbol, 4 ta voleybol va 3 ta gandbol maydonchalari bor edi.

Yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash institutning moddiy-texnikaviy bazasi bilan bir qatorda ko‘p jihatdan ilmiy-pedagogik kadrlarning salohiyatiga bog‘liq edi. 60-80-yillarda bu borada diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Professor-o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, muttasil ravishda ularning malakasini oshirib borish kabi masalalarga katta e’tibor berildi.

1986-yilda institutga tarix fanlari doktori A.Abdulhamidov rektor etib tayinlandi. Bu davrda institutda kadrlar tayyorlash soni va sifatiga e’tibor berildi, o‘quv-uslubiy, metodik markazlar faoliyati kuchaytirildi, ilmiy kadrlar tayyorlash an’analari mustahkamlandi, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, dam olish va sog‘lomlashtirish ishlari namunali tashkil etildi.

Farg‘ona pedagogika institutiga universitet maqomi berilgandan so‘ng oliy o‘quv yurtida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Universitetning birinchi rektori professor M.Qoraboev rahbarligida, rektoratning sa’y-harakatlari bilan bir qancha yangi mutaxassisliklar ochildi, yangi kafedralar va fakultetlar tashkil etildi.1991-1992-o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona davlat universitetida amaliy sotsiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza etish, madaniy oqartuv ishlari va badiiy havaskorlikni tashkil etish, iqtisod va boshqaruv, iqtisod va ijtimoiy rejalashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatlar, biotexnika va tibbiy apparatlar, agrokimyo va tuproqshunoslik, sharqshunoslik-afrikashunoslik, sharq tillari (arab va fors tillari) singari yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi.

Farg‘ona vodiysida tibbiyot sohasidagi oliy malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni e’tiborga olgan holda, universitet qoshida Tibbiyot markazi tashkil etildi. Markazda 26 nafar talaba I bosqichga qabul qilindi va oliy ma’lumotli vrachlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

1992-yil 30-dekabrda «Farg‘ona davlat universitetining Ustavi» ishlab chiqildi va Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlandi. Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilgan yilda uning tarkibida 15 fakultet bo‘lib, 67 kafedra faoliyat olib borgan. Universitetda 34 ta mutaxassislik bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlangan. Shu yili kunduzgi bo‘limda 5054 nafar, kechki bo‘limda 115 nafar va sirtqi bo‘limda 3907 nafar, jami 9076 nafar talaba tahsil olgan.

Universitet tashkil etilgandan so‘ng rektorat, oliygohning ilmiy Kengashi, professor-o‘qituvchilar jamoasi birinchi navbatda o‘quv-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ydilar. Buning uchun universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv amaliyoti sifatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni tarkibini takomillashtirish va ularni malakasini muttasil oshirib borish zarur edi. Mazkur mas’uliyatli jarayonni boshqarishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning alohida o‘rni bor. Mustaqillik yillarida soha prorektorlarining faoliyati natijasida o‘quv jarayonini tizimli tashkil etish, unga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, ta’lim sifati va samaradorligin oshirish bo‘yicha muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi.

Universitet kutubxonasi fondining boyib borishi tobora ko‘proq o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish imkonini berdi. 1991-1992-o‘quv yilida kutubxona 8223 kishiga xizmat ko‘rsatdi. Ulardan kunduzgi bo‘lim talabalari 4916 kishi yoki jami talabalarning 97 foizini, sirtqi bo‘lim talabalari esa 2234 kishi, yoki 70 foizni tashkil etdi.

90-yillardan boshlab ta’lim tizimiga shiddat bilan kompyuter texnologiyalari kirib kela boshladi. Zamon talablariga javoban universitet rahbariyati o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini jalb etishga jiddiy e’tibor bera boshladi.

Universitetda axborot texnologiyalari va masofadan o‘qitishni takomillashtirish markazi tashkil etilib, uni faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari tushumlar hisobidan yangi kompyuterlar sotib olindi hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yuzasidan talay ishlar amalga oshirildi.

Axborot texnologiyalari hamda masofaviy o‘qitishning tashkillashtirish markazi hamda kafedralarda elektron darsliklar yaratishga alohida e’tibor berildi. Faqatgina 2002-2003-o‘quv yilining o‘zida «Botanika», «Biznes va tatbiqiy dasturlar ta’minoti», «Yangi pedagogik texnologiyalar», «Tadbirkorlik asoslari», «Umumiy fizika», «Etnomadaniyat» mavzusidagi elektron darslik va qo‘llanmalar yaratildi.

Farg‘ona davlat universitetining salohiyati bu erda nafaqat fan nomzodlari, balki fan doktorlarini ham tayyorlash imkonini berdi. 1994-yilda universitetda ikki mutaxassislik – «Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» hamda «Milliy tillar (o‘zbek tili)» yo‘nalishlari bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsata boshladi. 2003-yilda FarDU qoshidagi aspiranturada 50 nafar tolibi ilmlar, doktoranturada esa 5 nafar yosh olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Amalga oshirilgan bu ijobiy ishlar natijasi o‘laroq universitetda fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlash borasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Jumladan, 1991-yilda 1 ta doktorlik dissertatsiyasi yoqlangan bo‘lsa, 1992-1995-yillar davomida 15 ta doktorlik va 40 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi sifatini oshirishga qaratilgan harakatlar o‘zining ijobiy natijasini berdi. 1995-yilda universitet fan doktorlarining soni 41 nafarni, fan nomzodlarining soni esa 254 nafarni tashkil etdi. 2003-yilda esa universitet professor-o‘qituvchilarining 49 nafari fan doktori, 162 nafari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga bo‘ldilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibida fan nomzodlari sonining sezilarli darajada kamayishi ulardan ayrimlarining fan doktorlari safiga qo‘shilishi bilan, ba’zilarining boshqa oliy o‘quv yurtlariga ishga o‘tib ketishlari, shuningdek, yoshi ulug‘ ayrim domlalarning nafaqaga chiqishlari bilan izohlanadi.

Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilar lavozimiga munosib nomzodlarni tanlab olish bilan bir qatorda ularning malakalarini doimiy ravishda oshirib borish masalasiga ham e’tibor berildi. 90-yillarda professor-o‘qituvchilar reja asosida har besh yilda bir marta Toshkent davlat universiteti qoshidagi Ijtimoiy fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish instituti va Oliy pedagogika instituti, shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi malaka oshirish fakultetlarida o‘z bilim va malakalarini oshirar edilar. Keyinchalik viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Andijon, Namangan va Farg‘ona davlat universitetlarida ham ayrim fanlar turkumi bo‘yicha mintaqaviy malaka oshirish shoxobchalari ochildi. Hozirgi kunda esa oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi takomillashtirilib, FarDU huzurida Farg‘ona vodiysi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun mintaqaviy markaz tashkil etildi. Universitet professor-o‘qituvchilari, asosan, shu markazda reja asosida ikki-uch yilda bir marta o‘z malakalarini oshirmoqdalar.

Istiqlol davrida universitet professor-o‘qituvchilari nafaqat O‘zbekistonning o‘zida, balki chet ellarda ham malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1991-2003-yillar davomida oliy o‘quv yurtining 50 dan ortiq professoro‘qituvchisi, ilmiy xodimlari va aspirantlari AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya singari mamlakatlarda bo‘lib, u erdagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Ayni vaqtda Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning o‘z bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlarini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga ham doimiy e’tibor berildi.

Talabalarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishning yana bir yo‘li – bu peshqadam tolibi ilmlarni tanlov asosida o‘qishni davom ettirish uchun xorijdagi oliy o‘quv yurtlariga yuborish edi. Universitet tashkil topgan dastlabki yillardan boshlab rektorat ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor berdi. Bu ishni rejali asosda olib borish maqsadida universitetda xalqaro bo‘lim hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari lavozimi ta’sis etildi. Xalqaro bo‘lim O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va fondlar, jumladan, TASIS, TEMPUS ochiq jamiyat institutlari, Soros fondi, Konrad Adenauer fondi, AKSELS, AYREKS, DAAD, Britaniya Kengashi singari tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatildi.

Jahon standartlari talablariga mos ravishda kadrlar tayyorlashni tashkil etish uchun hukumatlararo va universitetlararo shartnomalar asosida, shuningdek, turli fondlarning moliyaviy ko‘magida Farg‘ona davlat universitetining peshqadam talabalarini xorij universitetlarida o‘qishni davom ettirish uchun yuborish yo‘lga qo‘yildi.

2003-yilga qadar universitetning 40 nafarga yaqin talabalari «Umid» jamg‘armasi, 20 nafardan ortig‘i AKSELS fondi, 50 nafardan ortig‘i esa boshqa xalqaro fondlar dasturlari asosida tanlovlarda ishtirok etib, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa ilg‘or mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlarida bakalavr va magistr darajasini olib qaytdilar.

Ayni vaqtda universitetga xorijdan o‘qituvchilarni taklif etish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, mustaqillikning dastlabki yillarida ingliz tili bo‘limi talabalariga dars berish uchun AQSH, Kanada, Daniya, Norvegiya, Yangi Zelandiyadan o‘qituvchilar tashrif buyurdilar.

Farg‘ona davlat universitetida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi 1998-1999-o‘quv yilidan boshlab joriy etila boshlandi. Talabalar bilimini oshirishning reyting tizimi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999-yil 8 iyundagi 194-sonli, 2000-yil 7 fevraldagi 27-sonli «Me’yoriy hujjatlarga qo‘shimcha kiritish haqida»gi va 2005-yil 30 sentyabrdagi 217-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida muvaqqat Nizom», Reyting tizimining yakuniy bosqichida «yozma ish» usulini tatbiq etish bo‘yicha muvaqqat Nizom hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Moliya vazirligining 2004-yil 16-apreldagi 1139-sonli «Oliy o‘quv yurti talabalariga stipendiya tayinlash tartibi va berish to‘g‘risidagi ko‘rsatma»si tasdiqlagan qarori asosida universitet ilmiy Kengashida muhokama etilib, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash bo‘yicha hujjat sifatida qabul qilindi. 2010-yil 29-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 333-sonli buyrug‘i asosida qayta ishlangan hamda 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli buyruqlari bilan o‘zgartirishlar kiritilgan «Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tolibi ilmlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini ortishiga, shuningdek, ularning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalariga ob’ektiv, to‘g‘ri baho berish imkoniyatini berdi.

1996-yildan boshlab, jahon tajribasini e’tiborga olgan holda, universitetda davlat grantlari bilan bir qatorda kontrakt-shartnoma asosida kadrlar tayyorlash tartibi joriy etildi. 2002-2003-o‘quv yilida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida 1708 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, ularning 1109 nafarini kontrakt-shartnoma asosida o‘qishga kirganlar tashkil etdi.

Istiqlol yillarida ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan muhim yangilik bakalavriat va magistraturaning joriy etilishi bo‘ldi. Yangi tizim xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan keng va tor sohalar bo‘yicha mutaxassisliklar tayyorlashga yo‘l ochdi.

2000-2001-o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona davlat universitetida 28 nafar magistrant, 5 ta – tilshunoslik, Vatan tarixi, differensial tenglamalar, iqtisodiyot va biologiya mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil ola boshladilar. Keyinchalik magistratura tizimi kengayib bordi. Bu erda yangi mutaxassisliklar ochildi hamda kontrakt-shartnoma asosida ham magistrantlar qabul qilina boshlandi.

2004-2005-o‘quv yilida 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 58 nafar magistrlar qabul qilindi. 2009-2010-o‘quv yiliga kelib, 11 mutaxassislik bo‘yicha 56 nafar magistrlar qabul qilindi. 2014-2015-o‘quv yilida mutaxassisliklar soni 13 ta bo‘lib, magistrlar soni 147 nafarni tashkil etdi. Ulardan 75 nafari bitiruvchilar hisoblanadi.

Talabalarni etishmayotgan adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari bilan kelishilgan holda, ularning shaxsiy rejalariga muvofiq ravishda adabiyotlar yaratish rejasi shakllantirildi. Natijada, 2014-taqvim yilida 99 ta zamonaviy o‘quv adabiyotlar yaratildi. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratiladigan zamonaviy o‘quv adabiyotlari oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan klassifikatori, uning asosida takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiqligi, o‘rnatilgan tartibda muhokama va ekspertizadan o‘tkazish, boshqa adabiyotlardan ko‘chirib yozish kabi holatlar bo‘lmasligiga kafedra mudirlari mas’ul deb belgilandi.

2014-2015-o‘quv yiliga kelib, universitetda 9 ta fakultet faoliyat yuritib, kafedralar soni 28 tani tashkil etdi. Ularda 509 shtat birligida professor-o‘qituvchilar, bakalavriat bo‘yicha 33 yo‘nalishda, magistratura esa 14 yo‘nalishda kadrlar tayyorlab kelindi. Talabalarning umumiy kontingenti bakalavriatda 6140 nafar, magistraturada esa 147 nafarni tashkil etdi.

O‘tgan yillar davomida bu ziyo o‘chog‘i murakkab va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning boy ijodiy va tarixiy yo‘li Farg‘ona vodiysi, qolaversa, butun Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida o‘ziga xos o‘chmas tarixiy iz qoldirdi.

Bugungi kunda o‘zining ilmiy salohiyati, o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi samarali tajribasi, mustahkam xalqaro hamkorlik tendensiyalari, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari bilan yurtimizdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari safidan munosib o‘rin egallab kelayotgan Farg‘ona davlat universiteti mamlakatimizda Uchinchi Renessansni bunyod etishning tayanch ustunlaridan biri bo‘lishdek ulug‘vor maqsad yo‘lida dadilizlanmoqda. E’tirof etish kerakki, qariyb 30 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ta’lim olayotgan oliygohning bugungi kuni, oldinga qo‘ygan reja va maqsadlari ham Yangi O‘zbekistonning imkoniyatlari, yangi avlod kadrlarini tarbiyalashning yangi prinsiplari bilan hamohangdir.

Mamlakatimizga zamonaviy bilimga ega, salohiyatli yosh kadrlarni tayyorlab berishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olyigohimiz o‘zining 92 yillik qaddi-bo‘yi, yillar davomida sayqallangan tajriba maktabi, yuksak salohiyatli kadrlari, izlanuvchan talaba-yoshlari bilan oliy ta’lim tizimidagi bugungi yuksalishlarga peshvoz chiqmoqda.O‘tgan qisqa vaqt ichida universitetning nufuzi va ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshdi. 17 ta fakultetdagi 46 kafedrada 900 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. So‘nggi yillarda 3 ta yangi fakultet, 5 ta yangi ta’lim yo‘nalishlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Talabalarimizning 50 dan ortig’i xorijiy oliy ta’lim muassasasalari professorlaridan bilim olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Oliygohda dars jarayonlari rus tilida olib boriladigan yo‘nalishlarga ta’lim beruvchi malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, joriy o‘quv yilida magistratura bo‘limiga qabul qilingan magistrantlar 30 foizining rus va ingliz tillarini ilmiy darajada o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2022-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura qabul kvotalari soni 2 baravarga oshirilgani, birgina tayanch doktoranturada bu ko‘rsatgich 52 ta tashkil etishi yosh tadqiqotchi-olimlarimiz safini yanada kengaytirishga xizmat qilishi quvonarlidir.

Qolaversa, universitet huzurida ilmiy daraja beruvchi 10 ta Ilmiy Kengash faoliyatko‘rsatishi esa oliygoh ilmiy salohiyatiga berilgan yuksak baho, deb ayta olamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni yosh va izlanuvchan pedagog va talabalar uchun alohida imkoniyat va e’tibor namunasi bo‘ldi.

Kafedralarda professor-o‘qituvchilarning iqtidorli talabalar bilan alohida rejalar asosida “Ustoz-shogird” tizimi asosida olib borayotgan faoliyati natijasida ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yoshlar, namunali o‘qiyotgan talabalar turli stipendiyalar, Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar hamda sport musobaqalari g‘oliblariga aylanishgan. Jumladan, 2020/2021-o‘quv yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi 5 nafar (Rayimjonova Umida G‘ayratjon qizi, Tillaboyeva Guljahon Ilhomjon qizi, Sobirov Otabek Foziljon o‘g‘li, Topvoldiyeva Zuxraxon Ravshan qizi, Mirzaahmedov Mirjalol Mansurjon o‘g‘li), Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi 1 nafar (Qurbonova Mohidil Ulug‘bek qizi)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-2022-o‘quv yilida esa O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar (Mo‘minov jahongir Madaminovich), Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar (Boboyev Mirodillo Qosimjon o‘g‘li), Navoiy nomnli davlat stipendiyasi sohiblari 7 nafar(Iminova Xumora Muhammadisa qizi, Ibrohimov Aziz Alijon o‘g‘li, Anvarova Feruzabonu Anvar qizi, Ergasheva Zarnigorxon To‘xtamurot qizi, Xasanov Nurmuhammad Haydarali o‘g‘li, Yuldasheva Shaxrizoda Abrorjon qizi, Yigitaliyev Yo‘ldoshali Umarjon o‘g‘li), Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi sohibi 1 nafar (Jo‘rayev Zuxuridin Najmiddin o‘g‘li) tashkil etib jami 10 nafar talabamiz davlat stipedniya tanlovlari g‘olibiga aylandilar. Bundan tashqari 2 nafar magistrantimiz O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi tanlovlarida test sinovlari bosqichidan o‘tib, suhbat bosqichida namunali ishtirok etganligi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus sertifikati bilan taqdirlandilar.

Mamlakatimizda ilk marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” milliy mukofoti tanlovida filologiya fakulteti talabasi Qobiljon Shermatov g‘oliblar qatoridan o‘rin olgani ham universitetda Farg‘ona filologiya maktabining bugungi yosh avlodi shakllanib kelayotganining isbotidir.

Universitetda Respublika talabalar fan olimpiadasida yoshlarning ishtirok etishi va sovrinli o‘rinlarni egallashi rag‘batlantirib boriladi. Jumladan, 2020/2021 o‘quv yilida 7 tao‘rin, shundan 1-o‘rin 2 nafar (Toshpo‘latov Abduqodir, Maxmudov Qaxramon,2-o‘rin 1 nafar (Ergashev Bunyod), 4 nafar 3-o‘rin (Qayumov Muhammadjon, To‘xtasinova Dilnoza, Ergashev Donyorjon) qo‘lga kiritilgan bo‘lib, 2021 yilda ham 7 nafar talaba Respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan (2 nafar 1-o‘rin – Qodiraliyev Asadbek Ikromali o‘g‘li, Turgunboyev Hisenjon Erkinzoda, 3 nafar 2-o‘rin – Asqarov Muhammadaziz Axmadjon o‘g‘li, Ismoilova Zilola Rustamxo‘ja qizi, Jamolova Xiromon Jo‘maboyevna va 2 nafar 3-o‘rin – Farmanov Islam Elmar o‘g‘li, Haydarov Temurbek Tohirjon o‘g‘li).

Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida universitet ma’muriyati tashabbusi bilan 2022-yilning 19-20 yanvar kunlari “Talabalar onlayn fan olimpiadasi” tashkil etildi. Ushbu fan olimpiadasi fakultetlar kesimida 11 ta fan doirasida o‘tkazildi hamda g‘olib bo‘lgan talabalar munosib ravishda pul mablag‘lari va diplom bilan rag‘batlantirildilar.

Universitetda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadida fakultetlar kesimida professor-o‘qituvchilar rahbarligida turli xil fan to‘garaklari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda universitetimizda talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda 56 ta fan va sport to‘garaklari muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu to‘garaklar 1120 dan ortiq sohaga qiziquvchi talaba yoshlarni qamrab olgan.

Universitetda yoshlarning ilmiy-texnikaviy, ijod erkinligini rag‘batlantirishga e’tibor qaratilgan. Oliygohda tahsil olayotgan ixtirochi talabalardan 7 nafari (Mo‘minjonov Jahongir Madaminovich, Iminova Xumora Muxammadisa, Matmurodov Ubaydullo Ulmasbek o‘g‘li, Shodiyeva Gulbahoroy G‘ulomjon qizi, Yuldasheva Shaxrizoda Abrorjon qizi, Axmedova Mashxuraxon Ulug‘bek qizi, Tursunova Iroda Dilmurodjon qizi) o‘zlarining ishlab chiqarishga joriy etgan intellektual faoliyat natijasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.

Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona viloyati Yoshlar innovatsiya markazi hamkorligida joriy yilning noyabr hamda dekabr oylarida “TechnoWays Fergana” yoshlar texnologik rivojlanish marafoni tashkil etildi. Marafonning birinchi bosqichida Farg‘ona davlat universiteti yosh olimlari hamda talabalaridan tashkil topgan jamoalarning bugungi kunda dolzarb bo‘lgan 13 ta g‘oyasi tanlab olinib, akseleratsiya jarayoniga yo‘naltirildi. Hozirda ishtirokchilarga g‘oyalarini loyiha sifatida shakllantirishlari uchun amaliy yordamlar berilmoqda.

2021-yilning dekabr oyida Farg‘ona davlat universitetining loyihalarda ishtirok etgan, bu sohada ma’lum yuruqlarga erishgan professor o‘qituvchilardan va Yoshlar markazi hodimlaridan tuzilgan komissiya a’zolari hakamligida ikki “Eng yaxshi texnologik yechim” hamda “Eng yaxshi dasturiy ta’minot” yo‘nalishlari bo‘yicha uchtada jamoalar saralab olinadi va esdalik sovg‘alar hamda pul mukofotlari (5, mln, 7 mln va 10 mln so‘mdan) bilan taqdirlanadilar. Akseleratsiya jarayonidagi loyihalar: Eng yaxshi texnologik yechim uchun – “Agroservis”, “Ezgulik ulashib”, “Biofon kapalak tutqich”, “Biologiya 3D”, “Electiric line – siyox”, “Musiqadan elektron darslik”, “Havoni stabil saqlash”, “Innovatsion aerator”, “Quyosh energiyasi orqali elektr energiyasi olish”, dasturiy ta’minot uchun – “Teamwork.uz”, “Orzu (dasturiy ta’minot)”, “BiodataBank”,“Uniquye base”.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021- yil 22-27-noyabr kunlari tashkil etilgan “InnoWeyek” haftaligida Farg‘ona davlat universiteti yosh olimlar va iqtidorli talabalar ham o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, yosh olimlardan biologiya kafedrasi o‘qituvchilari S.G‘ulomov va O.A’zamov “Baliqchilik xo‘jaliklarida xosildorlikni oshirishga qaratilgan kompleks ishlar loyihasi” bilan, Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi content-menejeri A.Sirojjidinov hamda Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi muhandis-dasturchisi M.Mirzarahimovlar “Metro bekatlari, jamoat bino va inshoatlarida havo vintelyatsiya tizimini avtomatik boshqarish va nazorat qilishtizimini ishlab chiqish” loyihasi bilan, talabalardan esa tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari B.Usmonaliyev hamda I.Muhammadrasulov “Agroservis” nomli ishlanmalari bilan, fizika fakulteti texnologik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi M.Yakubjanova va chet tillari fakulteti ingiliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi T.Abduvaliyeva “Elektr tokini oson o‘tkazuvchi siyoh” loyihalari bilan haftalik doirasida faol ishtirok etdilar. Yosh olim va talabalarimiz o‘z g‘oyalari va nutqlari bilan kuzatuvchilar qiziqishiga sabab bo‘ldilar va vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida ilm-fan sohasiga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtidorli talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘rtasida 2021-yilda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli insholar tanlovida 1-bosqich tayanch doktoranti F.Abduvaliyeva, ijtimoiy-iqtisodiy fakultet 1-bosqich talabasi M.Qodirjonova faxrli o‘rinlarni egalladilar va 2 000 000 (ikki mln) so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdilar.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet talabasi Islom Zaitov OO‘MTV tomonidan o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari» nomli eng yaxshi maqolalar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi - Odilov Yorqinbek Olimbek o‘g‘li “Tokio - 2020” Paralimpiada ishtitokchisi, “Shuhrat” medal sohibi bo‘lgan. Sport sohasida 30 ga yaqin talabalar xalqaro va respublika miqiyosidagi turnirlarda g‘oliblik va fahrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

2021/2022-o‘quv yilida talabalar tomonidan nashr ko‘rsatkichlari ortib borgan. Jumladan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarga hammualliflik - 27 ta, xalqoro jurnallarda chop etilgan maqolalar soni -110 ta, Respublikajurnalarida - 542 ta, Xalqaro anjumanlarda - 289 ta va Respublika anjumanlarida - 786 marta talabalarning chiqish bo‘lgan hamda tezislari e’lon qilingan.

Mustaqil dars qilish, ilmiy izlanish bilan shug‘ullanish uchun keng axborot resurs markazi o‘quv zali, internet bilan ta’minlangan zamonaviy kompyuterlarga ega alohida zal, shuningdek markaziy oshxona binosi ikkinchi qavatida joylashgan “BOOK CAFE”, WiFi zona munozara va taqdimotlar tayyorlash uchun qulay bo‘lib, talabalarga darsdan tashqari vaqtda xizmat qilmoqda.

Universitet qoshida tashkil etilgan Gender tenglik tadqiqotlari markazi va “Bolajon” innovatsion markazi ham mintaqada yagona markazlar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oliygohda tahsil oluvchi 14 ming nafardan ziyod xotin-qizlarning puxta bilim olishi va samarali ilmiy faoliyat yuritishi uchun mazkur markazlar alohida xizmat qiladi. Oliygohimizning bu boradagi tajribasi respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalariga namuna sifatida ko‘rsatilmoqda.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash”, “Yoshlar forumi”, “Yil talabasi”,“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” singari yuzdan ortiq ko‘rik-tanlov, seminar-trening, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talaba-yoshlarning faol va muvaffaqqiyatli ishtiroki ta’minlanib, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ilm-ma’rifat yo‘lidagi ulug‘ maqsadlarga motivatsiya berishga erishilayotganini alohida ta’kidlash zarur.

Aytish kerakki, Farg‘ona davlat universitetining xalqaro oliy ta’lim yutuqlarini o‘zlashtirish va ta’lim sifatini dunyo standartlari darajasiga olib chiqishga qaratilgan sa’y-harakatlari ham yangi bosqichga olib chiqildi.Yaponiyaning Toxoku universiteti, Moskva davlat universiteti, Germaniyaning Myunster universiteti, Janubiy Koreyaning Hanguk universiteti, Qozog‘istonning YevroOsiyo milliy universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Xitoyning Konfutsiy instituti, Shvetsiyaning Lund universiteti singari 80 dan ortiq Yevropa va Sharqiy Osiyodagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik rishtalari oliy ta’limning xalqaro yutuqlarini o‘zlashtirish imkonini berish bilan birga, talabalarning xalqaro standartlar asosida bilim olishi uchun zamin yaratmoqda.

Fargʻona davlat universitetining 2021-2023 yillar davomidagi faoliyati

Muhtaram Prezidentimizning mamlakat yoshlari va ularning ta'lim olishi, xususan, oliy ta'lim tizimiga qaratgan yuksak e'tibori hamda yoshlarparvar islohotlari natijasida bugun oliy ta'lim tizimi milliy trend darajasiga koʻtarildi.

Jumladan, bundan olti yil avval 7-8 ming talabani qabul qilgan universitet jamoasi hozirgi kunda oʻttiz mingga yaqin yoshlarga zamonaviy va mamlakat ehtiyojlariga mos turli fan yoʻnalishlari boʻyicha ta'lim bermoqda.

Soʻngi yilllarda universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi kuchaytirildi. Natijada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyasi sohiblari 2022-yilda 18 nafar, 2023-yilda esa 23 nafarni tashkil etdi. 13 nafar talaba esa universitet ichki nomli stipendiyasi sovrindori boʻldi. Bu yuqori koʻrsatkich Fargʻona davlat universiteti tarixida birinchi marotaba qayd etildi.

Magistratura mutaxassisliklari magistrantlari va bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari talabalari uchun jami 17 nomdagi universitet ichki stipendiyalari joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4805-sonli qarori hamda 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yilning aprel oyida Fargʻona viloyatining umumta'lim maktablari bitiruvchi 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Fizika” hamda “Kimyo va biologiya” fanlaridan koʻp bosqichli Fargʻona davlat universiteti olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiadada 6 nafar gʻolib tanlab olindi. Eng muhimi, gʻoliblarga FarDUda ta'lim olish imkoniyati – talabalik imtiyozi taqdim etildi

Yoshlarni har tomonlama bilimli va ma'naviyatli qilib etishtirish uchun katta qadamlar tashlandi. Bu borada universitetning Axborot-resurs markazi 750 mingdan ortiq fond bilan ta'minlanib, zamonaviy dasturlar, platformalar, onlayn oʻqish imkoniyati yaratildi. Ayni vaqtda kutubxona fondi 1 millionga etib bormoqda. Ushbu imkoniyatlar asosida talabalar masofadan turib ID raqami orqali kompyuter yoki telefonidan universitet bazasidagi kitobni onlayn olib oʻqishi mumkin. Bundan tashqari 150 oʻrinli Book Safe faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu erda internet, WiFi va an'anaviy oʻqish imkoniyatlari mavjud.

2021-2023-yillar davomida talabalarning ijtimoiy himoyasi masalasi ham yuqori darajada yoʻlga qoʻyildi. Xususan, talabalarni turar joy bilan ta'minlash borasida universitetda davlat xususiy sherikchiligi asosida 340 oʻrinli bitta va 840 oʻrinli 2 ta yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Quvonarlisi, endilikda universitetda 3500 talaba uchun qulay shart-sharoitlarga ega 10 ta Talabalar turar joylari mavjud.

Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish hamda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida soʻnggi yillarda oliy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv binolari qurildi hamda binolarda mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi. Universitetda 2017 yilda 1 ta 600 oʻrinli, 2023 yilda 1 ta 1200 oʻrinli yangi oʻquv binolari qurildi. 2017-2023 yillarda 6300 oʻringa 7 ta oʻquv binolari mukammal ta'mirlandi. Barcha oʻquv binolari zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan ta'minlanib axborot-kommunikasiya texnologiyalari, interaktiv panellar, kuzatuv kameralari bilan jihozlandi.

Oliygohda muntazam faoliyat yuritib kelayotgan “Nilufar” talabalar teatr studiyasi, “Yosh talabalar mediaguruhi”, “Zakovat” intellektual klubi, “Inspire-U Academy” xorijiy tillar oʻquv markazi, Yosh suxandonlar, Yosh kitobxonlar, Yosh aktyorlar, Yosh dasturchilar, Yosh rassomlar, Yosh tarjimonlar markazi, “FarDU ekovolontyorlari” koʻngilli guruhi, sport majmuasi tarkibidagi professional futbol klubi, shaxmat, shashka, kurash, engil atletika, suzish kabi toʻgaraklar yuzlab yigit-qizlar bilan gavjum. Shuningdek, universitetda gender tenglik siyosati, davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarimiz rolini oshirish boʻyicha mintaqada yagona ilmiy baza hisoblagan Gender tengligi masalalari boʻyicha tadqiqot markazi mavjud. Shu bilan birga maktabgacha ta'lim yoʻnalishida ta'lim olayotgan boʻlajak tarbiyachilarimiz uchun oʻquv-tajriba amaliyotini oʻtovchi “Bolajon” innovasion markazi ham tashkil etilgan. “Nilufar” teatr-studiyasining zali ta'mirlanib, faoliyati qayta tashkil etildi. Universitetda “Zakovat” intellektual oʻyini uchun jihozlangan maxsus maydon tashkil etilib, uning muntazam faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbarining ushbu intellektual oʻyin rivoji uchun qaratgan e'tibori, zakovatli yoshlar uchun yaratgan shart-sharoitlari natijasida 2023-yilda oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” turnirining respublika bosqichida “FarDU” jamoasi 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, shu yilning oktyabr oyida Fargʻona davlat universiteti akademik liseyi 2-oʻrinni egalladi.

2022 yilning iyul oyidan boshlab “Yoshlar turizmi oyligi”, “Yoshlar turizmi haftaligi”ni oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyildi. Natijada iqtidorli va faol talabalarining sayohatlari uyushtirilmoqda. Jumladan, 2023 yil mart oyida Fargʻona davlat universitetining 100 nafar iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalari uchun bepul tarzda sayohatlari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni, shuningdek, joriy yil 11 aprelda Muhtaram Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan oliygohning "FarDU" futbol jamoasi tuzilib, unga yangi bosh murabbiy sifatida oʻzbek futbolining haqiqiy afsonasi, "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi" - Sergey Lebedov tayinlandi. Ahamiyatlisi, yaqinda Fargʻonada start olgan futbol boʻyicha viloyat birinchiligi — Ikkinchi liga bahslarida FarDU jamoasi “Jarqoʻrgʻon” klubiga qarshi toʻp surib, gʻalabaga erishdi. Mazkur natija orqali jamoa Birinchi liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Tez fursatlarda FarDU futbol klubi OʻzPFL tasnifida oʻtadigan professional futbol chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ushbu harakat esa FarDU futboli tarixida birinchi marotaba amalga oshirildi.


Xalqaro munosabatlar:

Yaqin 3 yil ichida Fargʻona davlat universitetining dunyoning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari va reyting tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari oldinlab ketdi. 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab dunyoning bir qator nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida yuqori oʻrinlarni egalladi.

Jumladan, 2023 yilning may oyida Avstraliyaning «UniRank» reyting platformasida mahalliy miqyosda 23-oʻrinni band etdi.

2023 yil may oyida Gruziyaning xalqaro universitetlar reyting tashkiloti “Round University Ranking” – “RUR” reytingida oʻqitish indikatori boʻyicha TOP – 883 - oʻrinni egalladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning dunyoda oʻz nufuzi bilan nom qozongan Times Higher Education - “THE” reyting agentligi reytingida 14 ta indikator boʻyicha yuqori oʻrinlardan joy egalladi. Ya'ni, Times Higher Education (Impact Rankings) – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yoʻnalish boʻyicha Fargʻona davlat universiteti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1000+ natijani qayd etdi.

Bunda oliygoh sifatli ta'lim boʻyicha 43,8 ball bilan 601-800 oʻrinda e'lon qilindi.

Mazkur natijalarning eng salmoqlisi, 2023-yilning 30 noyabr kuni Kanadaning Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (International Achiyevements Research Center – “IARS” ) reytingida FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov dunyo miqyosida “Yil rektori – 2023” nominasiyasi sohibi va Fargʻona davlat universiteti - “Yil universiteti – 2023” xalqaro tanlovi gʻolibi deb e'lon qilindi.

Shuningdek, Yaqinda Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy ta'lim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalari e'lon qilindi.

Quvonarlisi, Fargʻona davlat universiteti - xalqaro “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy ta'lim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida e'tirof etildi va dunyo oliygohlari ichida 738-oʻrinni egalladi.

Aytish kerakki, universitetda 2016 yilgacha 12 ta davlat bilan 38 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan boʻlsa, 2023 yillarda bu koʻrsatkich 24 ta davlatning 95 ta OTMlariga toʻgʻri kelmoqda.

Ushbu keng koʻlamli xalqaro aloqalarning natijasi sifatida - Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning venger-oʻzbek xalqaro aloqalarini mustahkamlash, oliy ta'lim tizimidagi aloqalar, xususan, FarDU va MATE oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida olib borgan harakatlari yuksak baholanib, rektorga Vengriya qishloq xoʻjaligi va hayotiy fanlari universiteti Senati tomonidan «faxriy doktor» unvoni berildi.

Shuningdek, joriy yilning 14-noyabr kuni Rossiya Federasiyasida "Rossiya - Osiyo: Fan, ta'lim va madaniyat" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasi doirasida Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov - Ural davlat pedagogika universiteti “faxriy professori" deb e'lon qilindi.

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda FarDU va Rossiya Federasiyasi oliy ta'lim muassasalari oʻrtasida 40 dan ortiq hamkorlik shartnomalari mavjud.

Shu bilan birga, FarDU delegasiyasining 2023-yil 27-noyabr kuni Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetiga tashrifi chogʻida rektorga Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti “Faxriy professori” unvoni topshirildi.

Qizil hudud:

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy” tamoyili asosida 10 tagacha mahallaga biriktirish tizimi joriy etildi. Natijada ziyolilar mahalladagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlash va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda mahalla bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatildi. Bu borada Fargʻona shahridan 120 nafar va Soʻx tumanidan 4 nafar, jami 124 (61 nafari qizlar) nafar yoshlar rektorga biriktirildi.

Mazkur yoshlar bilan “xonadonbay” tarzda ishlar olib borilib, yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qiziqishlari va muammolari oʻrganildi va amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bunda 5 nafar yosh universitetga ishga qabul qilindi, 2 nafar yoshga zamonaviy kompyuter, 2 nafar yoshga noutbuk, 4 nafar yoshga planshet taqdim etildi, 5 nafar yoshlarning yashash xonadonlari toʻliq ta'mirlab berildi, 7 nafariga nogironlik aravachasi olib berildi, 8 nafar yoshga tikuv mashinasi taqdim etildi, 2 nafar yoshlar nogironlik nafaqasiga chiqarildi.

43 nafar yoshlar (18 nafari 500 ming soʻm, 17 nafari 1 000 000 soʻm, 4 nafari 1 500 000 soʻm, 3 nafari 1 700 000 soʻm) moddiy ragʻbatlantirildi.

23 nafar yoshlarning qiziqishlari asosida axborot texnologiyalari, fanlari, robototexnika, til oʻrgatish toʻgaraklarga jalb etildi.

36 nafar yoshlarning xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

2 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, 3 nafar yoshni uy-joy masalasi boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga xat yuborildi.

Ilmiy-innovasion faoliyat:

2023 yili mobaynida universitetda 48 ta kafedra faoliyat koʻrsatib, kafedralarda 73 nafar fan doktori, professorlar, 365 nafar fan nomzodi (PhD), dosentlar faoliyat olib bordi. Eng ahamiyatlisi, 2021-yilda professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 25%ni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich tezkor ravishda koʻtarilib, 45%ni tashkil qilmoqda.

Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 2023 yilda 100 nafar professor-oʻqituvchilar, jumladan 14 nafari fan doktori (DSc), 86 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun dissertasiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ushbu oʻquv yilida 18 nafar professor-oʻqituvchilar dosent, 2 nafar olimlar professor ilmiy unvonlarini oldi.

Ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, har bir himoya qilgan dissertant hamda ularning ilmiy rahbarlariga bir oylik ish haqi miqdorida moddiy mukofotlash tizimi joriy etildi.

2023 yilda 38 ta ixtisoslik boʻyicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga jami 134 nafar, jumladan 6 nafar doktorant, 121 nafar tayanch doktorant, 7 nafar stajyor-tadqiqotchilar 1-kursga qabul qilindi.

Ushbu davr mobaynida doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganlar soni 100 nafarni tashkil etgan boʻlsa, ulardan 2 nafari doktorant, 26 nafari tayanch doktorant, 5 nafari mustaqil izlanuvchilardir.

Ayni paytda Fargʻona davlat universiteti huzurida jami 7 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar 11 ta ixtisoslik shifri boʻyicha faoliyat olib bormoqda.

2023 yilda ushbu ixtisoslashgan kengashlarda jami 68 ta falfasa doktori (RhD) va 12 ta doktorlik (DSc) dissertasiya himoyalari oʻtkazilib, ulardan 39 ta himoyalar Fargʻona davlat universiteti izlanuvchilariga toʻgʻri keladi.

Filologiya fanlari sohasida tadqiqotchilar koʻlamining koʻpligi va ehtiyojdan kelib chiqib, OAK rayosatining 2023 yil 5 iyundagi qaroriga muvofiq 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalar berish yoʻlga qoʻyildi va ixtisosliklar soni 12 taga etkazildi.

2022 yilning noyabr oyidagi OAK qarori bilan “FDU. Ilmiy xabarlar” jurnali pedagogika, falsafa, siyosat, biologiya va geografiya fanlari boʻyiicha Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan e'tirof etilgan yoʻnalishlar qatoriga qoʻshildi. Hozirda jurnal barcha fan yoʻnalishi boʻyicha OAK roʻyxatiga olindi.

2023 yil mobaynida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta patent olindi, 11 ta patent arizalari topshirildli, 131 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta yangi grant qoʻlga kiritildi. Shuningdek “Olima ayollar” tanloviga 4 loyiha xujjatlari topshirildi. 2023 yil maxalliy byudjetdan moliyalashtirishga 3 ta amaliy innovasion loyihalar ustidan ishlar olib borildi.

Hozirgi kunda universitet kafedralari qoshida ilmiy-tadqiqot markazlari hamda professor oʻqituvchilar tomonidan 60 ta umumiy qiymati 792 mln soʻmlik xizmat koʻrsatish va xoʻjalik shartnomalar amalga oshirilgan.

2023 yilda Universitetning professor oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilar tomonidan umumiy qiymati 1,118 mlrd soʻmlik 3 ta ilmiy innovasion loyihalar innovasion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirildi.

Amaliyot:

Prezidentimizning yoshlar bandligini ta'minlash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida olib borayotgan islohotlari natijasida talabalarni ish bilan ta'minlash borasida bugun FarDUning sirtqi ta'lim shaklida ham oʻqib, ham ishlab daromad topayotgan talabalar soni 5 ming nafardan oshdi. Bu ishchi-talabalar oliygohga ajratilgan “Oqbilol”, “Doʻstlik” oʻquv tajriba agrouchastkalarida ishlab, chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik hamda biogumus etishtirish ishlarini yoʻlga qoʻygan. Hududiy integrasiya ishlari esa samarali davom etib, mahalliy korxonalar va yirik agrokompaniyalar, viloyatdagi sanoat markazlari, zavodlar, fermer xoʻjaliklari, klasterlarda ishlab kelayotgan yuzlab talabalar haqiqiy amaliyotni koʻryapti va tajriba toʻplamoqdalar.

Agrar sohada:

Universitetda agrar sohada ham oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Quvasoy oʻquv agrouchastkasida 6 gektar er maydoniga shaftoli, oʻrik, olma hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan. Yaqinda esa “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida oliygoh hududiga 600 dan ziyod mevali va manzarali koʻchatlar oʻtqazildi. FarDUning Oqbilol oʻquv agrouchastkasida esa 1, 5 gektar er maydonida uzumzor, 1 gektar er maydonida oʻrikzor, 70 sotix er maydonida esa turli koʻchatlardan iborat mevali bogʻ tashkil etildi. Doʻstlik agrouchastkasida esa 80 sotix er maydonida mevali bogʻ, 15 sotixda gulchilik maydoni, 10 sotixda esa issiqxona tashkil etildi.

Yashil energiya

Muhtaram Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrda qabul qilingan “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmoni ijrosini ta'minlash borasida Fargʻona davlat universitetiga 1 408 kVt li quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlsa, bugungi kunda Fargʻona davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan 100 % foydalanilmoqda va quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha belgilangan reja toʻliq bajarildi. Mazkur muqobil energiya manbalari orqali hozirgi kunga qadar 1 098 547 kVt elektr energiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda universitet binolarida 2839 dona quyosh panellari ishlamoqda.

Bu imkoniyatlarning, oʻzgarish va yangiliklarning chegarasi yoʻq, ta'rifiga soʻz etmaydi. Bir soʻz bilan aytganda, bugunning yoshlari Davlatimiz rahbarining diqqat-e'tiborida, gʻamxoʻrligida barcha shart-sharoitlardan baxramand boʻlib, baxtiyor oʻsib-ulgʻaymoqdalar. Zero, ular olayotgan ilm ertaga kelajagimiz, millatimiz yoʻllarini yorituvchidir.[1]

 


Rahbariyat tahrir

Universitet rektori Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Rahimov Zokir Azimovich

O`quv ishlari bo`yicha prorektor Shukurov Rahmatillo Mirzatillayevich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

Xalqaro hamkorlik va moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor Shuxratov Sharof Shuxratovich

Fakultetlar tahrir

Filologiya fakulteti

Matematika-informatika fakulteti

Tarix fakulteti

Chet tillari fakulteti

Harbiy ta'lim fakulteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

Iqtisodiyot fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Tabiiy fanlar fakulteti

SAN‘ATSHUNOSLIK FAKULTETI

Fizika-texnika fakulteti

Sirtqi bo‘limi

​Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

​Agrar qo‘shma fakulteti

Ilmiy-tadqiqot sohasidagi natijalar: tahrir

2022-2023 oʻquv yili mobaynida universitetda 48 ta kafedra faoliyat koʻrsatib, kafedralarda 61 nafar fan doktori, professorlar, 297 nafar fan nomzodi (PhD), dots.ntlar faoliyat olib boradi.

Soʻnggi ikki yilda universitet ilmiy salohiyati 10% ga koʻtarilishiga olib keldi. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati bugun 36%ni tashkil qiladi. Yil oxiriga qadar 40% dan orttirishni reja qilganmiz.

Hukumat tomonidan ilmiy izlanuvchilarga berilgan eʼtibor natijasida, birgina 2022-2023 oʻquv yilida universitetimizda 91 nafar tadqiqotchilar, jumladan 16 nafari fan doktori (DSc), 76 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 14 nafar professor-oʻqituvchilar dots.nt, 3 nafar professor-oʻqituvchilar professor ilmiy unvonlarini oldilar.

Akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan imkoniyatdan samarali foydalangan holda, universitetda ilmiy daraja olgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, jumladan, har bir himoya qilgan dissertant hamda ularning ilmiy rahbarlariga bir oylik ish haqi miqdorida moddiy mukofotlash tizimi joriy etildi.

Oʻquv yilida Fargʻona davlat universiteti huzurida jami 7 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar 12 ta ixtisoslik shifri boʻyicha faoliyat olib bormoqda.

2022 yilda ushbu ixtisoslashgan kengashlarda jami 68 ta falfasa doktori (RhD) va 12 ta doktorlik (DSc) dissertatsiya himoyalari oʻtkazilib, ulardan 39 ta himoyalar Fargʻona davlat universiteti izlanuvchilariga toʻgʻri keladi. 2023 yil iyun holatiga esa 39 ta RhD, 3 ta doktorlik DSc dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtdi.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlarini chop ettirishlari, darslik va qoʻllanmalar, monografiyalar nashr etishlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

2022-2023 oʻquv yili mobaynida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta patent olindi, 11 ta patent arizalarga brilgan, 363 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta grant hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarori boʻyicha 16 ta hududiy muammolar yechimiga qaratilgan amaliy innovatsion loyihalar bajarilmoqda. Shuningdek „Olima ayollar“ tanloviga 4 loyihalar xujjatlari topshirilgan. 2023 yil maxalliy budjetdan moliyalashtirishga 3 ta amaliy innovatsion loyihalar ustidan ishlar olib borilmoqda.

Universitetda 2022-2023 oʻquv yili mobaynida iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan, 1 nafar talaba Prezident, 13 nafar talaba Navoiy, 3 nafar talaba Ulugʻbek, 1 nafar talaba Islom Karimov Davlat stipediyasi, 7 nafar talaba universitet nomdor stipendiyasi sovrindori boʻldi.[1]

 

Fardu va xalqaro reytinglar [2] tahrir

Fargʼona davlat universiteti 2023 yilning may oyida Avstraliyaning „UniRank“ (tarjimasi — xalqaro universitetlar reytinglari) reyting platformasida mahalliy miqyosda 23-oʼrinni band etdi.[3]

2023 yil may oyida Gruziyaning xalqaro universitetlar reyting tashkiloti „Round University Ranking“ — „RUR“  (tarjimasi — dunyo universitetlari reytinglari) reytingida oʻqitish indikatori boʻyicha top — 883 — oʻrinni egalladi.[4]

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning dunyoda oʻz nufuzi bilan nom qozongan Times Higher Education — „THE“ (TAYMS XAER EDUKYeYSHN)  - (tarjimasi — oliy taʼlim darajasi) reyting agentligi reytingida 14 ta indikator boʻyicha yuqori oʻrinlardan joy egalladi. Yaʼni, Times Higher Education (Impact Rankings) — dunyo universitetlarining BMT — „Barqaror rivojlanish maqsadlari“ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yoʻnalish boʻyicha Fargʻona davlat universiteti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1000+  natijani qayd etdi.

 

Bunda oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 43,8 ball bilan 601-800 oʻrinda eʼlon qilindi.[5]

„University Impact Ranking-2023“ (tarjimasi — xalqaro universitetlar taʼsir) natijalarida universitet ochlikka barham berish boʻyicha 41,8 ball bilan 301-400 oʻrinda, tengsizlikni kamaytirish boʻyicha 601-800, quruqlikdagi ekotizimlarini asrashda 401+, gender tengligi, munosib ish oʻrinlari va iqtisodiy oʻsish hamda tinchlik, adolat, samarali boshqaruv yoʻnalishida 801+ oʻrinni egallab turibdi.

Xalqaro talabalar uchun yangiliklar tahrir

Toʻlov shartnoma va yotoqxona boʻyicha kiritilgan yangiliklar. [6]

Yangilanayotgan muqobil energiya tahrir

Fargʻona davlat universitetiga oʻrnatilgan quyosh pannelari va suv isitgichlari xaqida.

Taʼlim yoʻnalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi tahrir

Yoʻnalish 1-blok (3,1) 2-blok (2,1) 3-blok (1,1)
1 5112100 — Texnologik taʼlim Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
2 5130100 — Matematika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
3 5110900 — Pedagogika va psixologiya Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
4 5111400 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
5 5111401 — Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili Nemis tili Ona tili va adabiyot Tarix
6 5111402 — Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili Fransuz tili Ona tili va adabiyot Tarix
7 5111500 — Chaqiriqqacha harbiy taʼlim Matematika (informatika bilan) ijodiy Ona tili va adabiyot
8 5111700 — Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish Ona tili va adabiyot Matematika(informatika bilan) Chet tili
9 5111800 — Maktabgacha taʼlim Biologiya Ona tili va adabiyot Tarix
10 5120101 — Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
11 5120112 — Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
12 5120300 — Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
13 5130200 — Amaliy matematika va informatika Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
14 5140100 — Biologiya (turlari boʻyicha) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
15 5140200 — Fizika Fizika Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
16 5140500 — Kimyo Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
17 5140600 — Geografiya Geografiya Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
18 5141000 — Tuproqshunoslik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
19 5151700 — Madaniyat va sanʼat muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish Tarix ijodiy Ona tili va adabiyot
20 521020304 — Psixologiya: amaliy psixologiya (Fargʻona) Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
21 5230100 — Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
22 5112000 — Jismoniy madaniyat Toʻliq ijodiy - -
23 5230900 — Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
24 5232300 — Mintaqaviy iqtisodiyot Matematika (informatika bilan) Chet tili
25 5410202 — Agronomiya (anorchilik) Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
26 5410606 — Zooinjeneriya: asalarichilik Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
27 5411100 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Biologiya Kimyo Ona tili va adabiyot
28 5520102 — Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) Ona tili va adabiyot ijodiy Tarix
29 5610200 — Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish Matematika (informatika bilan) Chet tili Ona tili va adabiyot
30 5611501 — Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) Ingliz tili Ona tili va adabiyot Tarix
31 5630100 — Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Kimyo Matematika (informatika bilan) Ona tili va adabiyot
32 5640100 — Hayotiy faoliyat xavfsizligi Matematika (informatika bilan) Fizika Ona tili va adabiyot
33 5150801 — Rangtasvir: dastgohli Toʻliq ijodiy - -
34 5150602 — Vokal sanʼati: anʼanaviy xonandalik Toʻliq ijodiy - -
35 5151201 — Amaliy sanat: badiiy kulolchilik Toʻliq ijodiy - -
36 5111306 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda Rus tili va adabiyot Ona tili va adabiyot Tarix
37 5120102 — Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili Ona tili va adabiyot Tarix Chet tili
38 5120117 — Filologiya va tillarni oʻqitish: tojik tili Toʻliq ijodiy - -
39 5210203 — Psixologiya: amaliy psixologiya Tarix Ona tili va adabiyot Chet tili
40 5110800 — Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi Toʻliq ijodiy - -
41 5150711 — Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari (rubob prima, qashqar va afgʻon rubobi) Toʻliq ijodiy - -
42 5111100 — Musiqa taʼlimi Toʻliq ijodiy - -
43 5112001 — Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yoʻnalishi boʻyicha) Toʻliq ijodiy

Faxrli ustozlar tahrir

Egamberdiyeva Turgunoy Axmadjonovna

Mirkozim Nishonov

Manbalar tahrir

[1][2]


Andoza:Fdu.uz

  1. „"THE"“.
  2. „Yuz.uz“.