Farhod va Shirin

"Farhod va shirin "dostoni A.Navoiyning dostonlaridan biri sanaladi va bu dostonni"ishqiy doston " deb atashgan

Farhod va Shirin — eronlik xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.

Shahanshoh Xusrav Parvizning hovuzda choʻmilayotgan Shirinni birinchi bor koʻrishi. Nizomiy Ganjaviy asariga chizilgan minatura

Farhod va Shirin timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“, Xusrav Dehlaviyning „Shirin va Xusrav“, oʻzbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin“ dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin“ deb nom qoʻygan.

Navoiy yigitlik davrida „Topmadim“ radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta-qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor: "Koʻp oʻkudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim".

Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta-qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-1484-yillarda amalga oshirilgan.

Doston mazmuni tahrir

Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni u yaratgan „Xamsa“ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakka-yu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasining xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.

„Farhod va Shirin“ nomi bilan yaratilgan asarlar tahrir

15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farhod va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning „Farhod va Shirin“ dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxlanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning „Farhod va Shirin“ dostonida ham Farhod bilan bogʻlik. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saqlangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida „Farhod va Shirin“ dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin.

1922-yilda „Farhod va Shirin“ nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama, 1941-yilda mashhur ozarbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi.

Manbalar tahrir

  • Alisher Navoiy, Mukammal asarlartoʻplami, 8j., T., 1991; Xurshid, Tanlangan asarlar, T., 1967.


Adabiyotlar tahrir

  • Bertels Ye.E., Nizami i Fizuli, M., 1962; Erkinov S, Navoiy „Farhod va Shirin“i va uning qiyosiy tahdili, T., 1971.
  • "Sebeos' History ", Chapters 4. Translation by Robert Bedrosian (1985)
  • Baum's later chapters cover her literary depiction fully
  • Excerpts from Theophylact's History. Chapters 13.7 and 14. 1 Translation by Michael Whitby

Havolalar tahrir