Farruh Sayfiyev (1991-yili 17-yanvar, Samarqand[1]) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Namanganning Navbahor futbol klubining yarimhimoyachisi hisoblanadi.

Farruh Sayfiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farruh Sayfiyev
Tavallud sanasi 17-yanvar 1991-yil (1991-01-17) (33 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Samarqand Oʻzbekiston
Boʻyi 183 m (600 ft 4 12 in)
Ampluasi Himoyachi / Qanot yarim himoyachisi
Laqabi Fara
Vazni 75 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Navbahor
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
…—2012 Oʻzbekiston Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2018 Oʻzbekiston Nasaf 111 (13)
2018—2023 Oʻzbekiston Paxtakor 140 (11)
2024— Oʻzbekiston Navbahor 1 (0)
Milliy terma jamoa
2014— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 54 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi[2][3]. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[4].

2017-yil 27-dekabr „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi[5]. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan[6][7].

2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamosiga oʻtganligi eʼlon qilindi[8].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[9][10].

Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmadi[11].

Milliy terma jamoadag statistikasi tahrir

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 8 June 2022 Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston   Shri Lanka 2–0 3–0 2023 AFC Asian Cup qualification

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir