Farruh Zokirov
Farrux Karimovich Zokirov (16-aprel 1946) – Taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. 2002-yilning mayidan to 2004-yilning iyuligacha Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.[1]
Farruh Zokirov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
16-aprel 1946-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Guruh | Yalla |
Janr | Folk-rock, pop |
Amplua | Qoʻshiqchi, bastakor, aktyor |
Faoliyat yillari | 1969-bugun |
Mukofotlari | Andoza:Dostik ordeni |
Tarjimai holi tahrir
Farruh Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan[2]. Uning otasi Oʻzbekiston SSR xalq artisti Karim Zokirov – opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlishgan. Farruhning ota-onasi Moskva konservatoriyasida tahsil olib yurishganlarida turmush qurishgan[2]. Oilada oltita farzand, beshtasi oʻgʻil: Botir, Naufal, Jamshid, Farruh, Ravshan va bir qiz: Luiza Zokirovalar dunyoga kelishgan. ushbu bolalar umumiy olganda mehmondoʻst oilada voyaga yetishgan. U davrlarda Zokirovlar xonadoniga oʻsha vaqtning taniqli saʼnat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan sanʼatga mehr erta uygʻonishiga katta turtki boʻlgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi vujudga kelishiga ham sabab boʻlgan.
Oilasi va yaqinlari tahrir
- Otasi – Karim Zokirov (1912-1977) opera kuychisi, O'zbekiston SSR Xalq artisti.
- Turmush oʻrtogʻi – Anna Zokirova. Birinchi turmush oʻrtogʻi – Nargiz Boyxonova.
- Akasi – Botir Zokirov (1936-1985), oʻzbek va sovet qoʻshiqchisi, yozuvchi, shoir, rassom va aktyor. Mamlakatda estrada sanaʼti asoschisi, Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
- Ukasi – Jamshid Zokirov (1949-2012) sovet va oʻzbek aktyori, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda Xizmat koʻrsatgan artist.
- Opasi – Luiza Zokirova, qoʻshiqchi.
- Jiyani – Nargiz Zokirova, Luiza Zokirovaning qizi, qoʻshiqchi.
- Jiyani – Javohir Zokirov, Gavhar Zokirovaning oʻgli, aktyor, qoʻshiqchi.
Filmografiyasi tahrir
Aktyor tahrir
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1978 | Toʻylar muborak (film) | Oʻzi | Kameo |
1980 | Kakie nashi godi! | Oʻzi | Kameo |
1989 | Tangalik bolalar | Oʻzi | Kameo |
2000 | Alpomish | ||
2003 | Taqdir | Davlat Zokirov | |
Munis onam | Oʻzi | Kameo | |
200… | Maysara – super yulduz (Maysara – Super Zvezda) | myuzikl |
Mukofotlari tahrir
1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:
- Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
- Qoraqalpogʻiston Xalq artisti.
- Qozogʻiston Xalq artisti.
- Qirgʻiziston Xalq artisti.
- Tojikiston Xalq artisti.
- Ingushetiya Xalq artisti.
- Turkmaniston Xalq artisti.
- Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti.mukofotlariga sazovor boʻlgan.
- 2017-yil 22-noyabrda Qirgʻizistonning „Doʻstlik“ ordeni berildi
- 2018-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlandi.
- 2023-yil 1-iyulda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.[3]
Havolalar tahrir
- Farux Zakirov: „Yalla“ – eto sostoyanie dushi" (intervyu)
- Volshebnaya lampa YaLLAdina (intervyu) (Wayback Machine saytida 2015-05-25 sanasida arxivlangan)
- Intervyu gazete „Trud“, № 179 ot 05.10.2002
Vikiomborda Farrux Zokirov haqida turkum mavjud |
Manbalar tahrir
- ↑ „Kalendar Kazinforma“. 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Muzikalnoe obozrenie, 2015-12-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-07
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/22/farru-zokirov-kirgiziston-prezidenti-tomondan-takdirlandi