Fasih havofiy, Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad alHavofiy (1375.28.9 — taxminan 1443) — tarixchi olim. Temuriylar saroyida xizmat qilgan. Davlat ishlari bilan Hirotdan SamarqandgaXalil Sulton huzuriga joʻnatilgan. 1415 yilda Shohrux saroyida xizmat qilgan. Muvadjahi devon — devon vaziri (1416—17) va devon boshligʻi (141718) kabi masʼul lavozimlarda ishlagan. Shohrux tomonidan Kermon (142224)ga yuborilgan. Boysungʻur saroyida devon boshligʻi (142530) boʻlgan.

F.H. fors va arab tillarida sheʼrlar yozgan. 143342 yillarda fors tilida "Mujmali Fasihiy" ["Fasihiyning (tarixlar) majmuasi"] tarixiy asarini yozgan va uni Shohruxga taqdim etgan. Bu asar "Mujmal uttavorix" ("Tarixiy sanalar yigʻindisi") deb ham yuritiladi. Asar debocha, muqaddima, 2 maqola va xotimadan iborat. Asarning asosiy qismida F.X,. arab xalifalari, safforiylar, somoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar, gʻuriylar, xorazmshohlar toʻgʻrisida maʼlumot bergach, temuriylar tarixiga batafsil toʻxtalgan. Asarda, shuningdek, shoirlar, faqihlar, muhaddislar, shayxlar, shuningdek, iqtisodiy va madaniy hayot, oʻsha paytda qurilgan meʼmoriy obidalar haqida mufassal maʼlumot berilgan. Asar xotimasi Hirot shahriga bagʻishlangan.

Manbalar tahrir

  • Mudjmali Fasixi, T., 1980.

Adabiyot tahrir

  • Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988; Bukj siymolar, allomalar, 2kitob, T., 1996.

Qahramon Rajabov.