Fattoh Abdullayev (1914.16.1, Jambul — 1985.11.9, Toshkent) — oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984). Filol. fanlari doktori (1961), professor (1969).

Fattoh Abdullayev
Tavalludi 1914.16.1
Vafoti 1985.11.9
Kasbi Tilshunos

Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939-44), Namangan davlat pedagogika institutida (1944-47), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida (1947 — 50 va 1957-yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950-56) ishlagan. Ilmiy ishlari oʻzbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fo-netikasi, grammatikasi, shuningdek ba-diiy nutq masalalariga bagʻishlangan. Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini bergan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil