Faysal bin Abdulaziz Al Saud (arabcha: فيصل بن عبدالعزيز آل سعود, Faysal ibn ʿAbd al ʿAziz Al Suʿud, Najdiy arabcha talaffuzi: [ fæjsˤɑl ben ˈʕæbd ælʕæˈziːz ʔæːl sæˈʕuːd ]; 1906-yil 14-aprel – 1975-yil 25-mart) – Saudiya Arabistoni davlat arbobi va diplomati. 1964-yil 2 noyabrdan 1975-yilda oʻldirilishigacha Saudiya Arabistoni qiroli boʻlgan. Taxtga chiqishidan oldin 1953-yil 9-noyabrdan 1964-yil 2-noyabrgacha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi boʻlgan va 1964-yilda ukasi qirol Saudga qisqa muddat noiblik qilgan. 1954—1960-yillarda va 1962—1975-yillarda bosh vazir boʻlgan. Faysal zamonaviy Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulazizning uchinchi oʻgʻli edi[1][2][3].

Faysal ibn Abdulaziz as-Saud
arabcha: فيصل بن عبدالعزيز آل سعود
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni Qiroli, ikki muqaddas masjid xodimi
Mansab davri
1964 – 1975
Oʻtmishdoshi Saud ibn Abdulaziz as-Saud
Vorisi Xolid ibn Abdulaziz as-Saud
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-aprel 1906-yil
Ar-Riyod, Najd amirligi
Vafoti 25-mart 1975-yil(1975-03-25)
(68 yoshda)
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni

Faysal Abdulaziz va Tarfa binti Abdulloh al Shayxning oʻgʻli edi. Faysal tugʻilganda uning otasi Najd amiri boʻlgan. Onasi Saudiyaning koʻplab taniqli diniy peshvolarini yetishtirgan al-Shayx oilasidan edi. Faysal otasining hukmronligi davrida nufuzli qirollik siyosatchisi sifatida paydo boʻlgan. 1926-yildan 1932-yilgacha Hijoz noibi lavozimida ishlagan. 1930-yildan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri va 1954-yildan vafotigacha bosh vazir boʻlgan. 1953-yilda otasi vafot etib, uning oʻgay akasi Saud qirol boʻlganidan keyin Faysal valiahd shahzoda boʻldi. Bu lavozimda Saudiya Arabistonida qullikni taqiqlab qoʻydi. 1964-yilda qirollik oilasining boshqa aʼzolari va uning amakivachchasi, Saudiya Arabistoni bosh muftiysi Muhammad ibn Ibrohim ash-Shayx yordamida qirol Saudni oʻz foydasiga taxtdan voz kechishga koʻndirdi.

Faysal modernizatsiya va islohot siyosatini amalga oshirdi. Uning tashqi siyosatdagi asosiy yoʻnalishlari panislomizm, antikommunizm va falastinparastlik edi[note 1][4]. U islom diniy amaldorlarining hokimiyatini cheklashga urindi. Isroilning Gʻarbdan olgan yordamiga qarshi norozilik bildirgan holda, 1973-yilgi neft inqiroziga sabab boʻlgan neft embargosini joriy etgan. Faysal qirollik byurokratiyasini muvaffaqiyatli barqarorlashtirdi va uning hukmronligi baʼzi qarama-qarshiliklarga duch kelgan islohotlariga qaramay, Saudiya Arabistonida sezilarli darajada qoʻllab-quvvatlangan edi. 1975-yilda jiyani Faysal bin Musaid tomonidan oʻldirilganidan soʻng, uning oʻrniga oʻgay akasi Xolid keldi.

Manbalar tahrir

  1. Faisal ibn Abd al Aziz ibn Saud Biography. Encyclopedia of World Biography. Retrieved 16-mart 2007-yil.
  2. „King Faisal: Oil, Wealth and Power“ (Wayback Machine saytida 26-avgust 2013-yil sanasida arxivlangan), TIME Magazine, 7-aprel 1975-yil.
  3. „A history of treason – King Faisal bin Abdulaziz bin Abdul Rahman Al Saud“. Islam Times (22-may 2014-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2014-yil.
  4. 4,0 4,1 „Unexpectedly modern“. The Economist (2013-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/> tag was found