Fayzulla Muzaffarovich Karomatli (1925.14.12, Buxoro) — musiqashunos, folklorshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent pedagogika instituti(1944), Toshkent konservatoriyasi (1950)ni tugatgan. Buxoro teatrida (1941—43), Oʻzbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrida (1943—48) skripkachi. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1949—50, 1954—55), musiqa boʻlimi mudiri (1955—93), direktor (1957— 64), bosh ilmiy xodim (1994-yildan). Ayni vaqtda, Toshkent konservatoriyasi dotsenti (1955—60), professor (1980— 91), Sharq musiqasi kafedrasi asoschisi va mudiri (1972—80, 1991—97). Koʻpgina oʻzbek kuy va qoʻshiqlarini toʻplab, nashr ettirgan. Oʻzbek musiqa merosi, Oʻrta Osiyo xalklari musiqa folklori masalalariga oid asarlar muallifi. K. Toshkent (1975), Samarqand (1978, 1983, 1987, 1997), Buxoro (1990, 2001)da oʻtkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarningtashkilotchilaridan, shuningdek, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida koʻpgina musiqa anjumanlari qatnashchisi. K. YUNESKO qoshidagi musiqa kengashlari (ICM, IOV, CIOFF) aʼzosi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Manbalar tahrir

  • Oʻzbekskaya dombrovaya muzika, T., 1962; Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972; Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—2 j., T., 1978—85; Muzikalnoye iskusstvo Pamira (N. Nurjonov bilan hamkorlikda), M., (1—2-kitob), 1978-86.

Adabiyot tahrir

  • Abdull aye v R., Fayzulla M.Karomatli, T., 1996.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil