Feldmarshal (nem. Feldmarshall) — ayrim davlatlar armiyalaridagi oliy harbiy unvon. 1marta 16-asrda Avstriya da, 17-asrda Prussiyada joriy qilingan. Rossiyada 1699-yilda generalF. unvoni joriy etilib, 1917-yilda bekor qilingan. F. mashhur harbiy va davlat arboblari, imperator xonadoni vakillari hamda baʼzi chet el harbiy arboblariga berilgan. F. unvoni Buyuk Britaniya va boshqa baʼzi davlatlarda saqlangan.