Ferroqotishmalar - temir (Fe)ning kremniy (Si), marganes (Mg), xrom (Cr) va boshqa elementlar bilan qotishmalari. Metallurgiya sanoati uchun xomashyo (chala mahsulot) hisoblanadi. Tarkibida temir faqat qoʻshimcha sifatida ishlatilgan baʼzi qotishmalar (mis, silikomarganes, silikokalsiy) hamda texnik jihatdan sof boʻlgan baʼzi metallar va nometallar (metall marganets, metall xrom, kristall kremniy) ham shartli ravishda F. jumlasiga kiritiladi. F.ning suyuqlanish temperaturasi sof metallning suyuqlanish trasidan pastroq boʻladi. Shuning uchun F. suyuq poʻlatga qoʻshilganda ular osongina eriydi. F. rudalar yoki konsentrlangan elektr pechlar va suyuqlantirish shaxtalari (gorn)larda olinadi.