Feruzamineral. Kimyoviy tarkibi СиА16[РО4]4(ОН)84Н2О. Triklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristalli yaxlit massalar, kurtaksimon agregatlar, pust, tomirlar hosil kiladi. Mineral agregatlarining tuzilishiga qarab, qattiq va yumshoq koʻrinishga ega. Qattiq F.ning rangi koʻk va samoviy koʻk boʻlib, yashil, qoʻngʻiryashil va qoʻngʻir ranggacha oʻzgaradi. Yumshoq F. nam holatda uchraydi, quritilganda kattiklashadi. Rangi oqimtir, och havorang, havorangyashil va och yashil boʻladi. Qattiqligi 5—6, zichligi 2,6 —2,8 g/sm³. Jilosiz, xira, mumga oʻxshash. F. gipergen mineral boʻlib, mis konlarining oksidlanish zonasida hamda kvars tomirlari va nurash jarayoniga uchragan kvarsli porfirlarda joylashgan. F. kaolin, galluazit, yarozit, alunit, opal, barit, xrizokollar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston hududida juda qadimdan maʼlum. Sharq mamlakatlarida qimmatbaho tosh sifatida qadrlanib kelgan. Uzoq vaqtlargacha Oʻrta Osiyo boshqa mamlakatlarni F. bilan taʼminlab kelgan. Eng yirik koni — Nishopur (Eron), Oʻzbekistonda F. Markaziy Qizilqum va Qurama, Qoratepa, Sulton Uvays togʻlarida mavjud.