Fetssan (Fezzan) — Liviyadagi tarixiy viloyat. 7-asrgacha mahalliy qabilalar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. 7-asrdan arablar qoʻl ostida. 16-asrdan Usmonli turk imperiyasi tarkibida; 1911 —12 yillardagi Italiya — Turkiya urushidan soʻng Italiyaning Liviya mustamlakasiga kirgan (aholining qattiq qarshiligi natijasida italyan qoʻshinlari F.ni faqat 1930 i. egallashgan). 1943 yil fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan (1956 yil u yerdan chiqarilgan). 1951 — 63 yillarda Liviya qirolligida 3 viloyatdan biri.