FEYXTVANGER (Feuchtwanger) Lion (1884.7.7, Myunxen 1958.21.12, LosAnjeles, AQSH) — nemis yozuvchisi. Myunxen va Berlinda oʻqigan; falsafa doktori (1907). Dastlab jurnalistika va teatr tanqidchiligi bilan shugʻullangan. "Harbiy asirlar" (1919) turkumidagi pyesalarida Birinchi jahon urushi voqealari va xalqning urushga qarshi kurashlari keng ifodalangan. 1933-yildan Fransiyada emigratsiyada boʻlgan. "Tomas Vendt" (1920), "Yahudiy Zyuss" (1920—22), "Koʻrimsiz gersoginya" (1923) romanlari mavzuining rangbarangligi bilan ajralib turadi. "Quvgʻun" (1939) romanida yozuvchi oʻzining surgun tufayli siyosiy kurashdan uzokdashib krlganligini tasvirlaydi. "Yahudiylar urushi" trilogiyasi (1932—42) da inson shaxsi muammosiga munosabati va gumanistik karashlari aks etgan. "Akauka Lautenzaklar" (1943), "Simon" (1944), "Tokzordagi tulkilar" (1947), "Tentakning donoligi..." (1952) romanlari, "Beva Kapet" (1956) dramasi va boshqa asarlar muallifi. Koʻpgina asarlari ekranlashtirilgan.

Lion Feuchtwanger (1909)