Filon Aleksandriyalik (miloddan avvalgi taxminan 21 yoki 28 — Aleksandriya — milodiy 41 yoki 49) — yahudiyyunon faylasufi. Iudaizm aqidalarini Platonnint idealistik taʼlimoti va stoitsizm bilan bogʻlagan. F. falsafasining asosida ikki qoida: xudoning mutlakligi va gʻoyalar tugʻrisidagi stoikplatoncha taʼlimot yotadi. Logos haqidagi nazariyani yaratgan. Xristian ilohiyotining shakllanishiga katta taʼsir kursatgan.