Firutdin Mamedovich Sattarov (1930-yil 31-avgust, Toshkent2018-yil 16-fevral) — sovet oʻzbek agronomi, Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti sugʻorish rejimi va sugʻorish texnologiyasi laboratoriyasi mudiri (1975-1992-yillarda).

Firutdin Mamedovich Sattarov
Tavalludi 31-avgust 1930-yil
Vafoti 16-fevral 2018-yil(2018-02-16)
(87 yoshda)
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston Isroil
Kasbi agronom

Tarjimai hol tahrir

Maktabni tugatgach, 1946-yilda Namangan qishloq xoʻjaligi bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1955-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini agronom-dala xoʻjaligi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, “Butunittifoq PITI” (Toshkent, Butunittifoq paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti)ning aspiranturasida sirtdan tahsil oladi.

Qirgʻiziston paxtachilik tajriba stansiyasida, 1961-yilda stansiyadagi koʻrgazmali tajriba xoʻjaligi bosh agronomi sifatida, 1962-yildan " Butunittifoq PITI" irrigasiya boshqarmasi katta ilmiy xodimi, shu bilan bir qatorda Oʻrta Chirchiq tumanidagi (Toshkent viloyati) "Shimoliy Mayoq" kolxozi istehkomiga boshchilik qilgan. 1975-yildan - "Butunittifoq PITI" sugʻorish rejimi va irrigasiya texnologiyasi laboratoriyasi mudiri vazifasida ishlagan.

1975-yildan u SSSR XXYUK (xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi) qishloq xoʻjaligi pavilonida muntazam ravishda paxta, beda, gʻoʻza va boshqa ekinlarni sugʻorishning yangi usullariga bagʻishlangan ma’ruzalar oʻqidi.

1992-yilda agronom Sattarov nafaqaga chiqadi. 1994-1998-yillarda Jurin nomidagi Oʻrta Osiyo irrigasiya ilmiy-tadqiqot institutida yetakchi ilmiy xodim; paxta va bedaning yangi navlarini sugʻorish texnologiyalari bilan shugʻullanadi.

Firutdin Sattarov 1998-yilda Isroilga joʻnab ketadi.

Oilasi tahrir

  • Otasi — Mamed Sattarovich Sattarov (1907-1972-yillarda), Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoati tashkilotchilaridan biri; 
  • onasi - Sure Huseynovna Sattorova (1911-1995-yillarda);
  • Xotini - Liliya;
  • farzandlari: Ella, Larisa, Rika.

Ilmiy faoliyati tahrir

Sattarov 1969-yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi va 5 ta fan nomzodini yetishtirib chiqardi.