Flanets (nem. Flansch) — trubalar vallar, armatura, idishlar (rezervuarlar) va boshqalarning ularni detallar, mashinalar, apparatlarga birlashtiruvchi kismi. Boltlar va shpilkalar oʻtkazish uchun moʻljallangan teshiklari bor yassi disk yoki halqadan iborat. Odatda, truba val va boshqa detallar bilan yaxlit qilib tayyorlanadi. Truba va idishlardagi zichlovchi F. ichki boʻshliqlarning zichligi (germetikligi)ni val va boshqa aylanuvchi detallardagi F. kuch uzatishdagi mustahkamlikni taʼminlaydi.