Fonograf (grekcha: φωνή „ovoz“ + [[Grek tili|γράφω]] „yozish“) tovushni yozib olish va takrorlash uchun mo‘ljallangan birinchi qurilma. Tomas Edison tomonidan ixtiro qilingan. 1877-yil 21-noyabrda namoyish etilgan. Ovoz tashuvchi manbada trek shaklida yoziladi va uning chuqurligi tovush hajmiga proportsionaldir. Fonografning saundtreki silindrsimon spiralda almashtiriladigan aylanuvchi baraban (silindrga)ga joylashtiriladi. Ijro paytida, nay bo‘ylab harakatlanadigan igna tebranishlarni elastik membranaga uzatadi, bu esa tovush chiqishini taʼminlab beradi. Ushbu ixtiro o‘sha davrning ajoyib voqeasi bo‘lgan. Fonografning mutasil rivojlanib borishi natijasida grammofon va patefon kashf etilgan.

Edison fonografi. 1899-yil

Kashfiyot tahrir

 
1899-yilgi fonograf mexanizmi
 
Edison yaratgan birinchi fonografning eskizi

Edison fonografining ishlash tamoyillari 1857-yildayoq eksperimental ravishda o‘rganilgan. Edisonning Menlo Parkdagi (Nyu-Jersi, AQSH) laboratoriyasida telefon suhbatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagi ushbu qurilmani yaratishiga turtki bo‘lgan. Bir kuni u telegraf takrorlagichida tushunarsiz nutqqa o‘xshash tovushlarni eshitib qoladi.

Fonograf moslamasidagi birinchi yozuvlar folga qog‘ozi yuzasida harakatlanuvchi igna yordamida qilingan chuqurchalar bo‘lgan. Folga qog‘ozi tovush chalinish paytida aylanuvchi silindrga joylashtirilgan. Ushbu holatda, ovozli trek spiral ko‘rinishida, yozuvning davomiyligini oshirgan. Mazkur qurilmaning narxi 18 Aqsh dollarini tashkil etgan. Bu texnika yordamida „Mary Had a Little Lamb“ bolalar qo‘shig‘ining so‘zlari yozib olingan. Qurilmaning ommaviy namoyishi Edisonga misli ko‘rilmagan mashhurlikni taqdim etdi. Ko‘pchilik uchun tovushni takrorlash sehrdek tuyulgani bois, baʼzilar Edisonni „Menlo Park sehrgari“ deb ham atashgan. Edisonning o‘zi ham bu kashfiyotdan hayratlanib, shunday degan: „Men hayotimda hech qachon bunchalik hayratlanmaganman. Men har doim birinchi martadayoq ishlaydigan narsalardan qo‘rqqanman“. Ixtiro Oq uy va Fransiya akademiyasida ham namoyish etilgan.

Edison ushbu ixtirosi uchun 1878-yil 19-fevralda AQSH Patent idorasi tomonidan U.S. Patent 200521 patentini olgan.

 
Birinchi fonograf dizaynlaridan biri

1878-1887-yillar oralig‘ida cho‘g‘lanma lampa ustida ish olib borayotgan Edison fonograf ustidagi izlanishlarini bir muddatga to‘xtatdi. Endilikda Edison ovoz yozish uchun mum bilan qoplangan silindrdan foydalanishni boshladi (Charlz Tainter tomonidan taklif qilingan g‘oya). 1887-yilda ixtirochi Emil Berliner ovoz tashuvchilarni silindrsimon shaklda emas, balki tekis disk shaklida ishlatishni taklif qilgan va buni o‘zi yaratgan qurulmasida ko‘rsatib bergan (bu qurulma uchun patent 1896-yilda olingan). Berliner ushbu moslamani „grammafon“ deb atagan.

 
Diskli fonograf

Fonografdan dastlab matnni aytib turganda ovozni yozib olish uchun mo‘ljallangan mashinka — diktofon (ovoz yozish moslamasi) sifatida foydalanish rejalashtirilgan edi.

Edison fonografdan quyidagi 10 ta maqsad yo‘lida foydalanish mumkinligini aytib o‘tgan:

  • Nutqni yozib olish;
  • Ko‘zi ojizlar uchun ovozli (audio) kitoblar;
  • Notiqlik sanʼatini o‘rgatish;
  • Musiqa yozish;
  • Oila aʼzolarining ovozini yozib olish;
  • Musiqa qutilari va o‘yinchoqlar ichiga gapiruvchi moslamani o‘rnatish (Bu g‘oya 1890-yilda amalga oshirilgan va patentlangan, ammo, o‘sha paytning o‘zidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ichiga mitti fonograf o‘rnatilgan gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar sotuvga chiqarilgan, biroq, ularning savdosi muvoffaqiyatsizlikka uchragan. Bunga sabab qo‘g‘irchoqlar ovozining yoqimsizligi va juda mo‘rt yasalganligi edi);
  • Gapiradigan soatlar;
  • Buyuk kishilarning nutqlarini yozib olish;
  • Taʼlim sohasiga oid yozuvlar;
  • Telefon uchun aksessuar.

Edisonning ushbu ixtirosi shu qadar katta muvaffaqiyatga erishdiki, natijada 1906-yilda muallif o‘zi asos solgan Milliy fonografiya kompaniyasi (ing. Edisonʼs National Phonograph Company) tomonidan yaratilgan bir nechta musiqiy va teatr yozuvlarini ommaga taqdim etdi.

 
Edison fonograf ining modeli

1912-yilda Edison diskli fonografni bozorga chiqardi va ushbu moslama boshqa mashhur modellar bilan raqobatlasha boshladi. Ushbu moslamada ovoz sifati yaxshi bo‘lgan, biroq boshqa disk pleyerlari bilan mos kelmagan.

Fonografning tuzilishi tahrir

O‘sha davrda mavjud bo‘lgan fonograflarning deyarli barchasining asosi bir xil bo‘lgan: aylanadigan tovush tashuvchisi (silindrdagi folga) bo‘ylab harakatlanuvchi igna kesgich, membrana-mikrofon yordamida olingan mexanik tebranishlar tovush tashuvchining deformatsiyasi bilan mexanik ravishda o‘rnatilgan. Dastlabki dizaynlarda asl tovush tashuvchisi ham ijro etish vazifasini bajargan, ammo bu texnologiya yetarli hajmdagi tovushni olish uchun qo‘shimcha mexanik energiyani taʼminlamagan. Keyinchalik qattiqroq materialdan ovoz tashuvchisining nusxasini olish uchun elektroformatsiya usullari qo‘llanila boshlangan. Ovoz yozishni takrorlash uchun igna emitent membranasiga mexanik ravishda ulangan tovush tashuvchisi bo‘ylab harakatlantirililgan.

Bu turdagi fonograflarning dastlabki namunalarida ovoz yozish hajmi juda qisqa bo‘lib, bir necha daqiqanigina tashkil etgan va tez fursatda eskirgan. Mum qatlami bilan qoplangan roliklar yanada mustahkam bo‘lgan. Biroq, faqat diskli fonograflarning (gramofonlar) yaratilishi orqali ushbu texnologiya ancha talabgir bo‘ldi. Diskli fonograflar tovush tashuvchini 78 rpm tezlikda aylantiradi. Ovoz konussimon rupor (akustik shox) yordamida kuchaytiriladi. Aksariyat modellar kamonni o‘rab turgan tutqich bilan boshqarilgan. Bu esa qurilmani tashqi sharoitlarga qulay qilib, oddiy holatga keltirgan. O‘sha davrdan boshlab ovoz yozish sanoatiga asos solingan.

Fonografning ilk bor ommaga namoyish etilishi tahrir

1878-yil 11-martda Edison yaratgan fonograf Parijdagi Fransuz akademiyasida namoyish etilgan. Taqdimotni Edisonning hamkasbi, dunyodagi birinchi telefon stansiyasini ishlab chiqargan vengriyalik muhandis Tivadar Pushkash olib borgan. Uni Edisonning muxlisi, fransuz fizigi Teodor dyu Monsel taklif qilgan.

Fonograf qutisidan ovoz eshitilgan zahoti professor-filolog Buyo (yoki Jan Boyyar[1]) o‘rnidan sakrab turib ketgan va Monselning oldiga yugurib kelib, uning yoqasidan ushlab, g‘azab bilan bo‘g‘ib: „Yaramas! Ablah! Sizningcha, biz jirkanch metalni bizni aldashiga yo‘l qo‘yamizmi?!“, deya baqira boshlagan. O‘sha yilning 30-sentabrida fonograf masalasi yana muhokama qilinganida, u mutaxassislarning xulosasiga ishonmagan va aqlli metal haqida gapirib, quyidagilarni qo‘shib qo‘ygan: „Jirkanch metalning insonning olijanob ovozini nusxalashga qodirligini tan olish mumkinmi?!“ [2]"

Rossiyada fonograf birinchi marta ommaga namoyish etilganida ushbu ,,gapiruvchi mexanik hayvon"ning egasi sudga chaqirilgan va „firibgarlik“ uchun uch oyga qamoq jazosi va katta miqdorda jarimaga tortilgan [3].

Fonograflarning mashhurligi tahrir

Dizayndagi kamchiliklarga qaramay, fonograflar AQSH va Yevropada kata shuhrat qozondi. Bunga mashhur sanatkorlarning (masalan, italiyalik tenor Enriko Karuzo) ovoz yozish kompaniyalari tomonidan yaratilgan ko‘plab musiqiy yozuvlarining paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Muvaffaqiyat tobora ko‘proq yangi modellarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada Fransiyada aylanish tezligi yuqori bo‘lgan fonograflar paydo bo‘ldi. Aylantiruvchi igna keyin yaratilgan modellarda markazdan chetga siljigan. Shveytsariyalik mutaxassislar kichik olib yuriluvchi fonograflar yarata boshladilar.

Fonograflarning ilk nusxalari tahrir

  • 1860-yilda parijlik ixtirochi Eduard Leon Skott de Martenville „fonoavtograf“ deb atalgan asbob yordamida ayolning qo‘shiq kuylayotgan ovozini yozib olgan. Biroq, 2009-yilda olib borilgan tadqiqotlar ushbu audio yozuvda ijro etish tezligi haddan tashqari oshirilgan va u aslida Skottning o‘z ovoziga o‘xshashi, qo‘shiq juda sokin ijro etlganligi aniqlangan [4]. Ushbu qurilma ovozli tebranishlarga mos keluvchi trekni issiq qog‘oz varog‘iga yozib borgan. Biroq, uni topib olgan tarixchilarning fikriga ko‘ra, ixtirochi ushbu ovozli yozuvni tinglashni rejalashtirmagan, balki faqat tovush tebranishlarini tasvir shaklida suratga olishni xohlagan[5].
  • 1877-yil 30-aprelda Sharl Kro Fransiya Fanlar akademiyasiga Edisonning fonografiga o‘xshash „palefon“ni taqdim etgan [6].

Ijtimoiy madaniyatda fonograflar tahrir

  • Fonograf (film) — 1890-yil yanvarda Pyotr Chaykovskiy va uning atrofidagilarning ovozi joylashtirilgan fonografik yozuv yaratilishi haqida qisqa metrajli badiiy film.
  • Sank Peterburgdagi grammafonlar va fonograflar muzeyi.
  • Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi asoschisi G. S. Altshuller oʻzining maʼruza va monografiyalarida fonografni kechikkan ixtiro misolida qayta-qayta keltirgan va ixtiro samarasizligini „oʻz-oʻzidan anglash“ va „variantlarni sanab oʻtish“ usullari bilan koʻrsatgan. Altshullerning so‘zlariga ko‘ra, fonograf Qadimgi Yunoniston yoki Qadimgi Rimda paydo bo‘lishi mumkin edi, chunki antik davrning texnologiya darajasi fonograf uchun zarur bo‘lgan detallarni (ibtidoiy bo‘lsa ham) ishlab chiqarishga imkon bergan. Hatto qadimgi faylasuflar va olimlar tomonidan tovushning to‘lqinli tabiatini bilmaslik ham bunga mutlaqo to‘siq bo‘la olmas edi. Ko‘plab ixtirolar ularning fizik asoslarini tushunishdan ancha oldin amalga oshirilgan. Misol tariqasida muallif texnologik jihatdan murakkabroq bo‘lgan (hatto o‘rta asrlar uchun ham) optik asboblarning yorug‘lik sinishi qonunlari kashf etilishidan ancha oldin tasodifiy paydo bo‘lganini, shuningdek, porox va porshenli nasos ixtirosini keltirgan. Fonografning „omadi kulganida“ edi, Altshullerning so‘zlariga ko‘ra, biz Aristotel, Oktavian Avgust yoki Aleksandr Sergeyevich Pushkinning haqiqiy ovozlarining audio yozuvlarini eshitishimiz mumkin bo‘lardi.

Manbalar tahrir

  1. Хронограф // Вокруг света. — 2008. — № 3. — С. 31.
  2. Лапиров-Скобло М. Я. Эдисон. — М.: Молодая Гвардия, 1956. — Серия: Жизнь замечательных людей (ЖЗЛ). — 1935. — 344 с.
  3. Евг. Брандис. Жюль Верн. Жизнь и творчество. Изд. 2-е, испр. и доп. — Л.: Гос. изд-во детской литературы Министерства просвещения РСФСР, 1963. — С. 130.
  4. (ingl.) «Reconsidering Earliest-Known Recording»
  5. „science.compulenta.ru“ (deadlink). 2008-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-iyul.
  6. L’impression du son, Revue de la BNF, 2009/3 (n° 33), p. 20-29.

Adabiyotlar tahrir

Havolalar tahrir