Francis Crick (8-iyun 1916, Xortxempton — 28-iyul 2004, San Diego) — ingliz fizigi, molekulyar biol. asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1959-yildan). Kembrij universiteti professor (1939-yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini oʻrganishga oid. 1953-yilda J. Uotson bilan hamkorlikda qoʻsh spiral shaklidagi DNK modelini taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning boʻlinishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (qarang Replikatsiya). Genetik kod tamoyillarini birinchi boʻlib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tuzilishi va irsiy axborotni oʻtkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1962, J. Uotson va M. Uilkins bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar tahrir

  1. "KRIK (Crick) Frensis Harri Kompton" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil