Frank-Walter Steinmeier

2017-yildan beri Germaniya prezidenti

Frank-Valter Shtaynmayer (nemischa: Frank-Walter Steinmeier; 5-yanvar 1956, Detmold, GFR) – Olmoniya Prezidenti (19-mart 2017-yildan).

Frank-Valter Shtaynmayer
 Olmoniya Prezidenti
 
Mansab davri
2017-yil 19-martdan
Hukumat boshligʻi Angela Merkel
Olaf Scholz
Oʻtmishdoshi Joachim Gauck
 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi
Mansab davri
2016-yil 1-yanvardan – 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Ivica Dačić
Vorisi Sebastian Kurz
 Olmoniya vitse-kansleri
Mansab davri
21-noyabr 2007-yildan – 28-oktyabr 2009-yilgacha
Oʻtmishdoshi Frants Myuntefering
Vorisi Gido Vestervele
 Olmoniya tashqi ishlar vaziri
 
Mansab davri
17-dekabr 2013-yildan – 27-yanvar 2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Gido Vestervele
Vorisi Sigmar Gabriel
Mansab davri
22-noyabr 2005-yildan – 28-oktyabr 2009-yilgacha
Oʻtmishdoshi Yoshka Fisher
Vorisi Gido Vestervele
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-yanvar 1956-yil (1956-01-05) (68 yosh)
Detmold
Mukofotlari
Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni Xizmatlari uchun ordeni katta xochi Xizmatlari uchun ordeni

Biografiya tahrir

1974-yilda bundesverda harbiy xizmatda.

1975-yildan Sotsial-demokratlar partiyasi aʼzosi.

1982-yilda Gissen universitetining yuridik fakultetini bitirgan.

1986-yilda doktorlik ishini himoya qildi.

1986-yildan 1991-yilgacha Gissen universitetida ilmiy xodim.

1991-yilda Quyi Saksoniya maʼmuriyati matbuot boʻlimi yuristi.

1992—1994 yillarda Quyi Saksoniya bosh vazirining kotibi.

1994—1998-yillarda Quyi Saksoniya maʼmuriyati davlat kotibi.

1998—1999-yillarda maxsus xizmatlar faoliyati boʻyicha Olmoniya davlat kotibi.

1999-yildan 2005-yilgacha – Federal kansler devoni mudiri.

2005-yilda Olmoniya tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

2007-yilda Olmoniya vitse-kansleri, Sotsial-demokratik partiya raisining oʻrinbosari, shuningdek, Yevropa kengashi Prezidenti[1].

2008-yil 8-sentyabrda Sotsial-demokratik partiya raisi etib saylandi va Olmoniya kansleri lavozimiga nomzod sifatida taqdim etildi[2].

2009-yil 27-sentyabrdagi saylovda magʻlub boʻldi va partiyaning bundestagdagi fraksiyasi rahbariga aylandi[3][4].

2016-yil 1-yanvardan 2017-yil 1-yanvargacha – Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi.

2017-yil 12-fevralda Olmoniya Prezidenti etib saylandi. 2017-yil 19-martda qasamyodga keltirildi[5][6].

2022-yil 13-fevralda ikkinchi muddatga Olmoniya Prezidenti etib saylandi[7].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir