Fransiya-Prussiya urushi (18701871) — Yevropada o'z gegemonligini saqlab qolishga harakat qilgan va Germaniyani birlashishiga qarshi turgan Fransiya va bir qator german davlatlari bilan unga muxolif bo'lgan Prussiya o'rtasidagi urush. Urush jarayonida Fransiyadagi ikkinchi imperiya qulagan va Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirilishi tugallangan. Sedan jangida (1870.1—2.9) fransuz armiyasi tormor qilingan. Prussiya qoʻshinlari Fransiyaning katta qismini bosib olishgan, 1871-yildagi Parij Kommunasini bostirishda qatnashishgan. F.Fransiya-prussiya urushi Frankfurt sulh shartnomasi (1871) bilan yakunlangan.