Fraungofer chiziqlari - Quyosh spektridagi yutilish spektral chizikdari. Yorugʻlikning Quyosh yoki Yer atmosferasidagi yutilishi tufayli hosil boʻladi (telluriy chiziklar). Fraungofer chiziqlarini 1802-yilda birinchi marta ingliz fizigi U. Uollaston kuzatgan, 1814-yilda nemis fizigi Y. Fraungofer batafsil tekshirgan va bayon etgan, 1860-yilda G. Kirxgof nazariy tushuntirib bergan. Elektromagnit toʻlqinlar spektrining infrakizil, koʻrinuvchi va ultrabinafsha sohalarida 20 mingdan ortiq Fraungofer chiziqlari kuzatiladi. Ulardan eng qisqasining toʻlqin uzunligi A,= 155 nm. Fraungofer chiziqlarining koʻpchiligi maʼlum kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Fraungofer chiziqlarini oʻrganish Quyosh atmosferasining kimyoviy tarkibini, Quyoshdagi fizik sharoitlar va h.k.ni aniqlash imkonini beradi.