Fristayl (free — erkin, style — usul) — togʻ changʻi sporti turi. Fristaylning 3 ta turi bor: mogul, changʻi baleta, changʻi akrobatikasi. Mogul — pastbaland trassadan togʻ changʻisida tez tushish; changʻi baleti — tepalikdan turli shakllar (qadamlar, aylanishlar, burilishlar va boshqalar) bajarib tushish; changʻi akrobatikasi — 2 m li tramplindan bir necha akrobatik shakllarni bajarib (salto, piruetlar va boshqalar) sakrashdan iborat. Sportchilar bajargan elementlarning ogʻirengilligi va ijrosining aniqligi, shuningdek, artistik mahorati hakamlar tomonidan baholanadi.

Fristayl changʻichilarning dam olish turi boʻlgan. Tomoshabopligi uchun changʻi boʻyicha oʻtqaziladigan tadbirlarga kiritilardi. Fristayl boʻyicha birinchi musobaka 1971-yilda AQShning New Hampshire shahri yaqinida oʻtkazilgan. 1978-yilda Xalqaro changʻi sporti federatsiyasi qoshida fristayl boʻlimi ochilgan, unga 100 dan ortiq davlat aʼzo (2004). Bu boʻlim 1978-yildan jahon kubogi, 1986-yildan jahon chempionatini oʻtkazib keladi. 1992-yilda mogul, 1994-yilda changʻi akrobatikasi olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin oldi. Fristayl AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Fransiya va Skandinaviya davlatlarida rivojlangan.

Oʻzbekistonda fristayl 20-asrning 90-yillari boshidan ommalashdi. Vasila Semenchuk 1991-yilda jahon chempioni boʻldi. Uning gʻalabalarini L. Cheryazova davom ettirdi. Sergey Brener, Larisa Ud odova, Irina Chernikova kabi sportchilar qita musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishgan. Oʻzbekiston fristayl federatsiyasi 1992-yilda tuzilgan, oʻsha yili xalqaro tashkilotga qabul qilingan. Toshkentdagi qishki sport turlariga ixtisoslashgan maktabda Fristayl boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. 4 nafar murabbiy 800 dan ziyod shugʻullanuvchiga fristayldan saboq beradi.

Havolalar tahrir