Frontispis (lot. frontis — old tomon va spicio — qarayman), sarrasm — kitob sarvaragʻining chap tomonida beriladigan bezakli sahifa. Unda asarning asosiy goyasi ifodalangan bezak, ayrim hollarda esa muallif yoki kitob bagishlangan shaxs rasmi beriladi.