Fyodor Ivanovich Shalyapin [1873.1(13)2, Qozon — 1938.12.4, Parij; 1987-yilda Moskvada qayta dafn etilgan] — rus xonandasi (yuqori bas). 20-a. vokal sanʼatining yirik namoyandasi. Rossiya xalq artista (1918). 1895-yildan Peterburg va Moskva opera teatrlarida yakkaxon xonanda. 1901-yildan chet el gastrollari ("77a skala", "Metropolitenopera" teatrlari va boshqalar)da boʻlib, butun Yevropa mamlakatlari va AQShda shuhrat qozongan. 1922-yildan chet elda yashagan. Chiroyli, keng, nihoyatda oʻzgaruvchan va boʻyoqlarga boy ovoz sohibi boʻlgan shahrining ijro uslubi ajoyib aktyorlik mahorati, har bir soʻz maʼnosiga alohida ahamiyat berishi, eng nozik tuygʻularni badiiy teranlik bilan ifodalash kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. Keng koʻlamli sahnaviy isteʼdodga ega boʻlgan Shalyapin rus va Gʻarbiy Yevropa operalarida 70 ga yaqin asosiy partiyalarni haqqoniy, chuqur psixologik tarzda talqin etgan: Boris Godunov (Musorgskiy, "Boris Godunov"), Tegirmonchi (Dargomijskiy, "Suv pariyey"), Ivan Grozniy (RimskiyKorsakov, "Pskovlik qiz"), Galitskiy, Konchak (Borodin, "Knyaz Igor"), Mefistofel (Guno, "Faust"; Boyto, "Mefistofel"), Don Bazilio (Rossini, "Sevilya sartaroshi") va boshqa Shalyapin talqinida kamer musiqa asarlari (Musorgskiy, Glinka, Dargomijskiy, Shuman, Shubert va boshqalar) hamda rus xalq qoʻshiklari oʻzining yetuk ifodasini topgan. Shalyapin opera rejissyori, isteʼdodli rassom va haykaltarosh sifatida ham tanilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Fyodor Shalyapin" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil