Gʻarbiy shamollar oqimi -Jan. yarim shardagi yuza oqim, gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan. taxminan 40° va 55° j.k.lar oraligʻida Atlantika, Hind va Tinch okeanlarni kesib oʻtib, Yer sharini aylanib chiqadi. Uzunligi 30 ming km, eni 1000 km chamasida. Suvining temperaturasi shim. qismida 12—15° dan jan.da 1—2° gacha oʻzgaradi. Yuza qatlamidagi tezligi 0,4—0,9 km/soat, chuqur qismida 0,4 km/soatgacha. Gʻarbiy shamollar oqimio.dan Atlantika okeanida Ben-galiya oqimi, Hind okeanida Gʻarbiy Avstraliya, Tinch okeanda Peru oqimlari ajralib chiqadi. Gʻarbiy shamollar oqimio. zonasida tez-tez kuchli boʻronlar boʻladi.