Gʻildirakli lira — friksion torli cholgʻu asbobi. Torga taʼsir qilish usuliga koʻra, u kamoncha bilan chalinadigan asboblarga oʻxshaydi, faqat kamonchaning oʻrniga aylanadigan gʻildirak ishlatiladi. Rossiya, Ukraina (relya yoki rilya nomi ostida), Belorussiya (lera), Litva, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Germaniya, Shvetsiya va Sharqiy va Shimoliy Evropaning boshqa mamlakatlarida maʼlum[1].

Tarixiy ocherki tahrir

Evropada u turli nomlar bilan tanilgan, ularning eng qadimgisi — "organist" (lotincha: organistrum) — klassik oʻrta asrlarga (XIII asrdan keyin) tegishli. Eng qadimgi tasvirlar XII asrga toʻgʻri keladi: inglizcha kitob miniatyurasi (taxminan 1175-yil) va avliyo Iakov soborining barelyefi (Santyago de Kompostela , 1188).

XII asrda gʻildirakli lira, ikki kishi (musiqachi va uning yordamchisi, tutqichni aylantiruvchi) tomonidan boshqariladigan katta hajmli asbob edi. XIII asrda yengil (koʻchma) asboblar paydo boʻlgandan soʻng, Oʻrta asrlardagi qoʻshiqchilar madaniyatining eng xarakterli atributlaridan biri boʻlib, gʻildirakli lira cholgʻu asbobi butun Evropa boʻylab tez tarqaldi. XV asrga kelib, u mashhurligini yoʻqotdi va koʻpincha, qoʻshiqlar, sheʼrlar, ertaklarni oddiy akkompanementda ijro etadigan, kambagʻallar va miskinlar, shu jumladan koʻr, nogiron va aqli zaiflarning cholgʻu asbobiga aylandi. Barokko davrida asbobning yangi taraqqiy davri boshlandi. XVIII asrda gʻildirakli lira, qishloq hayotini yaxshi koʻradigan, fransuz aristokratlari oʻyinchoqlari sifatida modaga aylandi. Hozirgi vaqtda u baʼzi Evropa mamlakatlari, birinchi navbatda, Fransiya va Vengriya, milliy musiqasida qoʻllaniladi.

Rossiyada XVII asrda paydo boʻlgan[2][3]. Uni, oʻz ijodlarining gʻamli sadolari ostida tarixiy qoʻshiqlar, balladalar va diniy sheʼrlarni ijro etadigan, sayyor sozandalar[2], gadoylar va koʻrlar[3] chalgan. Rossiyada liraning paydo boʻlishi hokimiyat va ruhoniylar tomonidan taʼqib qilinishi tufayli skomoroxorlikni (masxarabozlik) pasayishini koʻrsatdi[3].

Ijro etish texnikasi tahrir

Ijrochi lirani tizzasida ushlab turadi. Uning torlarining koʻp qismi (3-11) bir vaqtning oʻzida, oʻng qoʻl bilan aylantirilgan gʻildirakka ishqalanish natijasida, tebranadi. Chap qoʻl bilan tayoqchalar yordamida tovush chiqaradigan qismi qisqaradigan yoki choʻziladigan torlarning toʻrtdan biri ohangni ijro etadi, qolgan torlar esa monoton tovush (burdon deb ataladigan) chiqaradi. Gʻarbiy Evropa asboblari trompette deb ataladigan — boʻshashgan asosga tayanadigan va gʻildirak tezligini oʻzgartirib, ritmik akkomponementda chalish imkonini beruvchi torga ham ega.

Ohangi tahrir

Gʻildirakli liraning ohangi kuchli, qaygʻuli, monoton, yengil boʻgʻiq tovush tusiga ega. Ovozni yumshatish uchun, gʻildirak toʻgʻini bilan ulanadigan joyidagi torlar zigʻir yoki jun tolalari bilan oʻralgan. Musiqa asbobining ohang sifati gʻildirakning aniq markazlashtirilishiga ham bogʻliq; bundan tashqari, u silliq va yaxshi kanifollangan boʻlishi kerak.

Boshqa nomlari tahrir

Turli vaqtlarda va turli mamlakatlarda bu musiqa asbobi turli nomlar bilan atalgan: Germaniyada — Leier, Drehleier, Bettlerleier, Bauernleier; Angliyada hurdy-gurdy (hedy-gyody, rus tilida ham uchraydi[4]), Fransiyada (jumladan, tarixiy Provansda) — simfoniya, chifonie, sambiût, sambuca, vierelète, vielle à roue (shuningdek, qisqartirib — vielle); Italiyada — ghironda, lyra tedesca, rotata, sinfonia; Vengriyada — tekerő; Belarusiyada — kolavaya lira, Ukrainada — kolísna lira yoki rela, Polshada — lira korbowa, Chexiyada — niněra.

Manbalar tahrir

  1. БРЭ 2009.
  2. 2,0 2,1 Музыкальная энциклопедия 1976.
  3. 3,0 3,1 3,2 Васильев, Широков 1986.
  4. Saponov M. A. Organistr // Muzikalnie instrumenti. Ensiklopediya. — M.: Deka-VS, 2008. — S. 427.

Adabiyotlar tahrir

  • „Колёсная лира“,Большая российская энциклопедия. Том 14, М., 2009 — 470 bet. 
  • „Лира“,Музыкальная энциклопедия. Том 3. М.: Советская энциклопедия, 1976. 
  • Сапонов М.А. „Колёсная лира“,. Музыкальные инструменты : энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 282—283 bet. 
  • Агажанов А.П. „Колёсная лира“,. Русские народные музыкальные инструменты. М.: МузГИз, 1949 — 19—22 bet. 
  • Васильев Ю.А., Широков А.С. „Колёсная лира“,. Рассказы о русских народных инструментах, 2-е изд, М.: Советский композитор, 1986 — 64—65 bet. 
  • Банин А.А. „Традиции игры на струнных инструментах“,. Русская инструментальная музыка фольклорной традиции, М., 1997. 
  • Квитка К.В. „Об изучении быта лирников“,. Избранные труды в двух томах. Том 2. М.: Советский композитор, 1973 — 327—345 bet. 
  • „Лира колесная русская (с. 30—31). Лера белорусская (с. 37). Реля, рыля украинская (с. 43)“,Атлас музыкальных инструментов народов СССР. М.: МузГИз, 1963. 
  • Вертков К.А. „Лира“,. Русские народные музыкальные инструменты. М.: Музыка, 1975 — 95—96 bet.