Gʻozgʻon marmar koni - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi noyob dekorativ xususiyatli marmar olinadigan kon. Navoiy shahridan 65 km shim. da, Nurota tizmasining gʻarbiy chekkasidagi Gʻozgʻontogʻ tizmasida joylashgan. Kon 1935—75 yillar mobaynida oʻrganilib, 1970-yildan boshlab sanoat miqyosida foydalanilmoqda. Gʻozgʻontov togʻlari uz. 40 km, eni 1–6 km gacha boʻlgan, shim.garbiy yoʻnalishda choʻzilgan kichik antiklinal bur-madan iborat. Uning yadrosi Nurota batolitining shim.-gʻarbiy chekkasidagi intruziv (granitoid) jinslaridan, qanotlari esa paleozoyning choʻkindi-metamorfik jinslaridan tarkib topgan. Kesimning asosida sla-netskonglomeratli qalin qatlam yotadi va bu qatlam pastdan yuqoriga qarab 6 ta gorizontga boʻlinadi. Bu gorizontlarning umumiy qalinligi 950–1100 m boʻlib, granit-aplitli va diabazli daykalar yorib chiqqan turli rangdagi marmarlardan tarkib topgan. 5gorizont mahsuldor hisoblanadi va uning qalinligi 50–220 m, yotish burchagi 40°. Bu gorizont KashKash-Yangi maydonida joylashgan, u yerda sanoat asosida marmar qazib chiqarish 1935-yilda boshlangan. Konda 5 ta may-don razvedka qilingan. Gʻozgʻon mar-marining fizik-mexanik xususiyatlari: zichligi — 2,6 g/sm3, gʻovakliligi 0,8%, suv singdirishi 0,3%, qisilishga mustahkamlik chegarasi 110— 160 MPa, yemirilishi 0,28 g/sm3. Mar-mar mayda donali, tekis kristalli, zich, chinnisimon (baʼzan gʻovakli siniqb-n), oʻrta qatlamlidan qalin va yirik qatlamligacha. Baʼzi qatlamlar 0,2—0,5 dan 1 m gacha yoki undan ham ortiq. Marmar kaltsit (85—90%), dolomit (10—15%), kvars (2—3%) donalaridan tarkib topgan. Aralash-malari — muskovit tangachalari, ley-koksen, piritning mayda donalaridan iborat. Qazib olingan marmarning baʼzi bloklari koʻndalangiga 0,5— 1,0 dan 2 m gacha, goho undan ortiq boʻladi. Rangi har xil. toʻq kulrang va tutun rangdan pushtigacha, och sariq, yashil, baʼzan oq, jamp 35 xildan ortiq rangga ega. Ranglar notekis taqsimlangan, yoʻl-yoʻl koʻrinishda. Asosiy rangi 5 xil: oq (12%), pushti (14,5%), sariq (0,5%), tutun rangli (54%) va yoʻl-yoʻl toʻq kulrang boʻladi. Ranglarining darajasiga koʻra 2 tipdagi marmar mavjud: och va toʻq rangli marmar qatlamlari orasida och ranglilar 78% ni, kulranglari esa 22% ni tashkil qiladi. Konda qatlam boʻyicha tik va diagonal darzliklar sistemasi mavjud. Marmarni arralash tabiiy qatlamlar boʻylab amalga oshiriladi. Chiqindisidan marmar maydasi, quyma tosh va qum ishlab chiqariladi. Gʻozgʻon marmari nisbatan moʻrt, yaxshi silliqlanadi, oynasimon aks beradi, yuqori dara-jada dekorativ. Ulardan binolarning ichki va tashqi tomonlarini qoplashda hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Gʻozgʻon mar-mari qad.dan maʼlum, Samarqand va Buxorodagi masjid-binolarni qurish hamda bezashda ishlatilgan. Hozirda Gʻozgʻon marmar konik.ning marmari Moskvaning 20 dan ortiq metro stansiyasini, vok-zallarini, Ostanknno teleminorasining ichki qismini hamda Sankt-Peterburg , Kiyev, Ulyanovsk, Boku, Novosibirsk, Olmaota shaharlaridagi inshootlarni bezab turibdi. Toshkentdagi Navoiy nomidagi katta teatrning ichki va tashqi tomonlarini bezashda va 1966-yildagi zilziladan keyin qurilgan deyarli barcha meʼmorlik inshootlarida Gʻozgʻon marmaridan foydalanilgan.