Galantamin (Galanthaminum) -boychechak va ungerniya oʻsimligining ayrim turlaridan olinadigan alkaloid. Achchiq oq poroshok. Tana va silliq muskullar tonusi pasayganda, harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlar funksiyasi buzilganda, poliomiyelit va bolalarning serebral falajida qoʻllaniladi. G. gidrobromidning suvdagi eritmasi teri ostiga yuboriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil