Gap boʻlaklarigap tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. Gap bo'laklari gap tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar bilan yoki oʻzaro bir-birlari bilan tobe aloqada boʻladi, hokim boʻlak maʼnosini aniqlab, toʻldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga koʻra aniqlovchi, toʻldiruvchi va holga boʻlinadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil