Gattaca (talaffuzi: Gattaka) 1997-yilda ekranlarga chiqqan Amerika ilmiy-fantastik drama filmidir. Ssenariy muallifi — Andrew Niccol, bosh rollarda — Ethan Hawke, Uma Thurman va Jude Law.

Gattaca
Rejissyor(lar) Andrew Niccol
Prodyuser(lar) Danny DeVito
Ssenariynavis(lar) Andrew Niccol
Rollarda Ethan Hawke
Uma Thurman
Jude Law
Gore Vidal
Xander Berkeley
Bastakor(lar) Michael Nyman
Kinematografiya Slawomir Idziak
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi 24-oktabr, 1997
Davomiyligi 106 daqiqa
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar
Tillar Inglizcha
Esperanto
Byudjeti $36 million
Daromadi $12 532 777

Film kelajakda liberal yevgenik siyosat bilan boshqarilayotgan jamiyat haqida hikoya qiladi. Oʻrta va yuqori sinf vakillari genetik tanlash orqali bola oʻstirish imkoniga egadirlar. Bu ularni tabiiy, oddiy yoʻl bilan oʻstirilgan bolalardan aqlan, jismonan ustun qiladi. Natijada oddiy odamlar kamsitiladilar, qora ishlarga joylashtiriladilar. Filmning bosh qahramoni ham oddiy oʻstirilgan odam boʻlsa-da, kuchli irodasi tufayli orzusi — fazogirlikka erishadi.

Film nomi DNK nukleotidlari - adenin, sitozin (ingl. cytosine), guanin va timin atamalarining bosh harflaridan tuzilgan.