Gazandadoshlar , qichitqidoshlar (Urticaceae) — ikki urugʻ pallali usimliklar sinfiga oid oila. Morfologik tuzilishiga kura tutdoshlar oilasiga yakin turadi. Bir uyli yoki ikki uyli utlar, yarim butalar va butalar, baʼzan, yogʻochli yumshoq, kichik daraxtlardan, kamdan-kam lianalardan iborat. Barglari oddiy, qarama-qarshi yoki ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, 700 ga yaqin turi bor. G. yer sharining deyarli barcha mintaqalarida, kupincha tropik hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 ta yovvoyi va bitta madaniy qorli bemeriya turi usadi. Dorivor va tola beradigan turlari ham bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil