Gematologiya (gemo... va..logiya) — qon va uni ishlab chiqaradigan koʻmikning tarkibi, funksiyalari, kasalliklari xaqidagi fan. G. qonni optik, elektron, fazali kontrast, fluoressent mikroskopiya, mikrokinematografiya, mikroskopik gisto va sitokimyoviy usullar yordamida oʻrganadi. Kon sistemasi kasalliklarini aniklashda G. punksion biopsiyadan (organizmning hayotlik davrida koʻmik, limfa tugunlari, taloq, jigar hujayralari va toʻqimalaridan olib tekshirish), biokimyoviy, fermentologik, sitogenetik, kimyoviy-genetik, spektrotsitofotometrik (dezoksiribonuklein va ribonuklein kislotalarini tekshirish yoʻli bilan), radioizotop-immunologik, elektroforez va immunoelektroforez, toʻqimalarni kuliural oʻstirish va b. usullardan foydalanadi.

Gematologik kasalliklar 19-asrdan boshlab muntazam tadqiq qilingan. Nemis olimlaridan R. Vixrov (1845), E. Neymann (1870) leykozni, ingliz vrachi T. Addison (1855) va nemis vrachi A. Birmer (1872) pernitsioz ane-miyani, nemis olimi P. Erlix (1888) aplastik anemiyani, fransuz olimi G. Gayem (1898), nemis olimi O. Min-kovskiy (1900) va fransuz olimi A. Shoffar (1907) gemolitik anemiyani tasvir etishdi. Rus olimlaridan A. A. Maksimov tomonidan kashf etilgan qon yaratilishining unitar nazariyasi G.ning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.

Kon sistemasi kasalliklarini klinikmorfologik usul bilan oʻrganish klassik G.ning vujudga kelishiga asos boʻldi. Olimlardan M. I. Arinin toʻsh suyagini punksiya qilish usulini (1927), I. A. Kassirskiy unda ishlatiladigan punksion ninani hamda limfa tugunlari, taloq, jigar punktatlarining sitologik diagnostika usullarini joriy qilishdi, bu usullar qon sistemasi kasalliklarini bemorlarda tezroq oydinlashtirish imkonini beradi, anemiyalarning tasnifi va davolash usullari ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda aholi orasida uchraydigan gemolitik va temir tanqisligi bilan boglik kamqonliklarning turlari, kelib chiqish sabablari atroflicha oʻrganilgan, ularni davolashni optimallashtirish, tashhisini osonlashtirish imkoniyatlari ishlab chiqilgan. Hoz. yuqorida qayd etilgan kamqonliklarning ekologenetik jihatlari aniqlanmoqda (S. M. Bahromov, X. Q. Farmonqulov, A. A. Buglanov, G. T. Kalmenov, X. M. Qozoqboyeva, J. T. Tojiyev, Q. J. Boltayev va b.).

Qon yaratilishi va anemiyalarning kelib chiqish mexanizmini izotoplar yordamida aniklash katta rol oʻynadi. Amerikalik olim V. Kasl ovqatda vitamin V|2 (siankobalamin) yetishmasligi pernitsioz anemiyaga sabab boʻlishini aniqladi (1929). 20-asrning 60-yillariga kelib deyarli barcha gemolitik anemiyalarning kelib chiqishi oʻrganilib, koʻpgina yangiliklar qoʻlga kiritildi. Irsiy sferotsitar gemolitik kamqonlikda taloqning olib tashlanishi ushbu darddan tuzalish mumkinligini koʻrsatdi.

Gemorragik diatezlardan trombotsitopenik purpurda bemor talogʻini olib tashlash, trombasteniyada unga adenozintrifosfat kislotani buyurish maqsadga muvofiq ekanligi maʼlum boʻldi.

Tromb hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan preparatlar (geparin, fibrinolizin va b.), shuningdek krnni ivituvchi sistemaning faolligini va tomirlar devorining pishiqligini oshiradigan preparatlar (rutin va b.) ishlab chiqarildi.

20-asrning oʻrtalaridan boshlab G.ning yangi tarmogʻi — immunogem atologiya ancha rivoj topdi. Unga kon guruxlari va rezus-faktor haqidagi taʼlimot (G.ning eng muhim boʻlimi — qon quyish shunga asoslanadi), organizmning oʻz toʻqimalariga nisbatan antitelolar paydo boʻlishi (autoimmunizatsiya) va yot toʻqimalarga nisbatan antitelolar hosil boʻlishi haqidagi bilimlar kiradi.

Irsiy-oilaviy qon kasalliklarini har tomonlama (klinik, xromosoma, biokimyoviy, irsiy, genogeografik, oilaviy va b. jihatdan) oʻrganishga katta eʼtibor qaratildi. Shu bois qon guruhlari (AVO, rezus-faktor va b. sistema boʻyicha), ularga nisbatan paydo boʻladigan izoimmunizatsiya — izoserologiya ning rivojlanishiga, qonni quyishda tamomila bexatarlikni taʼminlash choralariga katta eʼtibor berildi. Ana shu urinishlarning yakuni sifatida amaliyotda komponent gemoterapiya (yaxlit qon oʻrniga uning ayrim boʻlaklarini — eritrotsitar massa, leykotsitlar va trombotsitlar konsentratlarini quyish) keng koʻlamda qoʻllanila boshlandi. Leykozlar haqidagi bilimlar majmuasi — leykozologiyaning rivoji bu kasalliklarda mono va poliximioterapiya usullarining ishlab chiqilishi va joriy etilishiga olib keldi.

Oʻzbekistonlik olimlar koʻmikni koʻchirib oʻtkazishda har xil immunodepressantlar qoʻllash posttransfuzion asoratlar va ularning oldini olish masalalari, bolalarda uchraydigan irsiy va orttirilgan qon sistemasi kasalliklarini oʻrganish, idiopatik trombotsitopeniyada jarrohlik usulidan keng foydalanish boʻyicha natijali ilmiy izlanishlar olib borishdi (H. A. Hakimov, A. T. Toʻrayev, U. A. Oltiboyev, A. R. Rahmatullayev, K. K. Soliyev va b.). G.ning zamonaviy yoʻnalishlari: donorlik xizmatini zamonaviy talab va imkoniyatlarga monand ravishda tashkil etish, qon oʻrnini bosadigan dorilar va qon kasalliklarining ekologik genetik jihatlarini batafsil aniqlash va davolashni takomillashtirish va h. k.

Oʻzbekistonda Gematologiya va kon quyish instituti, shuningdek tibbiyot intlarining terapiya klinikalari va ilmiy lab.lari hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining G. kafedralarida G. sohasida izlanishlar olib boriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Agranenko V. A., B a xramov S. M., Jerebsov L. Ye., Komponentnaya gemoterapiya, T., 1995; Petrov V. N., Baxramov SM., Farmankulov X. K., Jelezodefitsitnie anemii, T., 1995; Najmiddinov S. T., Klinik gematologiya asoslari, T., 1998.

Saidjalol Bahromov.