GERING (Gorinq) German (1893.12.1, "Rozenxeym, Bavariya — 1946.15.10, Nyurnberg) — fashistlar Germaniyasining asosiy harbiy jinoyatchilaridan biri. Fashistlar diktaturasini oʻrnatishda faol ishtirok etdi. Aviatsiya vaziri va Prussiya hukumati boshligʻi boʻldi. 1933-yil fevralda reyxstag yongʻinini uyushtirgan. Harbiy-havo kuchlari bosh qoʻmondoni. Gestapo va konslagerlarni tashkil etish tashabbuskori. Nyurnberg xalqaro sudida oʻlimga hukm qilingan. Oʻzini-oʻzi oʻldirgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil