GIBBS (Gibbs) Jozayya Uillard (1839.11.2 - Nyu-Xeyven — 1903.28.4) — amerikalik nazariyotchi-fizik, termodinamika va statistik mexanika asoschilaridan biri. Termodinamik jarayonlarni geometrik tushuntirish usulini ishlab chiqqan. Termodinamik potensial usulini ishlatishni birinchi boʻlib boshlab bergan. Termodinamik potensiallarni molekulyar-kinetik nazariyaga asosan tushunish imkoniyatini beradigan statistik mexanikani vujudga keltirgan. G. yaratgan termodinamik sistemalar muvozanati nazariyasi — Gibss fazalar qoidasini keltirib chiqardi. U bir qancha tenglamalar (G.— Gelmgols, G.— Dyugem, G.ning adsorbsion tenglamasi) ni ishlab chiqqan. Statistik fizikaning asosiy qonuni — G. taqsimotini kashf etgan. Yorugʻlikning mexanik va elektromagnit nazariyalari masalalari bilan ham shugʻullangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil