Gidrazin (diamid), H2N-NH2 — ammiak (NH3) hosilasi; rangsiz, havodagi suv bugʻini yutuvchi qoʻlansa hidli quyuq suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 2°, qaynash temperaturasi 113,5°, zichligi 1,008 k/sm3 (20° da). Suvdagi eritmasi asosli xossaga ega. G. havodagi karbonat angidridni yutadi. Kislotalar bilan birikib, tuzlar hosil qiladi. G. ammiak yoki mochevinani gipoxlorit bilan oksidlab olinadi. Plastmassa, rezina, insektitsid, portlovchi moddalar i.ch.da hamda qaytaruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil