MassChallenge - olimlari gidroponika tushunchasiga boshqacharoq ta'rif bergan. Gidroponika - bu o'simliklarni suvda va ozuqaviy eritmalarda o'stiradigan bog'dorchilik amaliyotidir deb ta'rif beradi. Chunki, o'simlikni shunchaki havoda o'stiradigan bo'lsa bu mutloqo boshqa tushuncha bilan nomlanadi. Shuning uchun gidroponika usulida suvdan va boshqa eritmalardan foydalanilib o'simlik yetishtiriladi.

Gidroponika (pichan) (somonda)

Gidroponika (qadimgi yunoncha: ὕδωρ [gidro] — suv va πόνος [ponos] — mehnat, ishlash) —oʻsimlikni tuproqsiz, sunʼiy muhitda oʻstirish. Gidroponikaning bir necha usuli bor. Oʻsimlikni mayda shagʻal yoki qumda oʻstirish usuli koʻproq qoʻllaniladi. Shagʻal yoki qum solish uchun chuq. 25—30 sm, eni 80 sm va uz. 240 sm li yassi oxur tayyorlanadi, ichiga oziq moddalar aralashtirilgan suv kelib turishi uchun teshikli quvurchalar oʻrnatiladi. Quvurchalarning teshiklari berkilib qolmasligi uchun usti sim toʻr bilan qoplanadi. Oxur shagal yoki toza qum bilan toʻldiriladi. Urugʻ kumga ekiladi. Keyin yilning fasliga, oʻsimlikning yoshi va xiliga, eritmaning xususiyatiga qarab kuniga 1—5 marta oziq aralashmasi beriladi. Aralashmani berish 30—50 daqiqa davom etadi. Aralashma konsentratsiyasi vaqt-vaqti bilan tekshirilib, yangilab turiladi. Shagʻal va qum bir necha yilgacha almashtirilmaydi. Gidroponika usulida, asosan, sabzavot, gul, rezavor meva, chorva mollari va parrandalar uchun servitamin koʻkatlar oʻstiriladi. Bu yoʻl bilan yiliga 4—5 marta hosil olish mumkin. Oziq aralashmasida oʻsimlik uchun zarur hamma moddalar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir, marganes, bor, mis, rux, molibden, kobalt va b.) boʻlishi shart. Ularning nisbati yilning fasliga, oʻsimlik xili va yoshiga qarab oʻzgartirib turiladi.

Rixsivoy Joʻrayev.

Galereya tahrir

Yana q. tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil