Gidrosfera (qadimgi yunoncha: ὕδωρ (húdōr) — „suv“, and σφαῖρα (sphaîra) — „shar“)[1][2] — Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1 491 049 ming km3.

Gidrosferada suvning aylanishi

Ggidrosfera Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 million km2) ning 361 million km2 ni, yoki 71% ni gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 million km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8%, vodorod — 10,8%, xlor va natriy — 2,95%. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. ὕδωρ, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, Perseus
  2. σφαῖρα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, Perseus

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.