Gigroskopiklik (gigro... va yun. skopeo — kuzataman) — materiallarning havodagi namlikni yutish xossasi. Suvda xoʻllanadigan (gidrofil) kapillyar-gʻovak tuzilishli materiallar (yogʻoch, don va b.); suvda yaxshi eriydigan moddalar (osh tuzi, shakar, baʼzi kimyoviy birikmalar) va b. gʻovak materiallar G. xususiyatiga ega. Gʻovak materialning namni yutish darajasi havoning namligiga bogʻliq boʻladi. Masalan, yogʻoch uchun eng yuqori gigroskopik namlik (Wrar)~30% (massa boʻyicha), don uchun — 3(5%. Har qaysi material uchun G. xossasini bilish juda muhim (uni tashish, saqlash, quritish, namlashda asqotadi). Baʼzi gigroskopik materiallar (mas, konsentirlangan sulfat kislota)dan havoni quritish uchun foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil