Gilbert Abbott à Beckett (1811-yil 9-yanvar - 1856-yil 30-avgust) ingliz yumorist yozuvchisi.

Gilbert Abbott à Beckett
Tavalludi 9-yanvar 1811-yil
London, Angliya
Vafoti 30-avgust 1856-yil(1856-08-30)
(45 yoshda)
Boulogne-sur-Mer, Fransiya
Kasbi Advokat, yumor yozuvchi

Biografiyasi tahrir

 
Highgate qabristonidagi Gilbert Abbot qabri

U Londonlik advokatning o'g'li bo'lib tug'ilgan. Tomas Beket oilasining vakili bo'lgan. U Westminister maktabida tahsil olgan va 1841-yilda Grey's Inndagi imtixon topshirgan.

U Figaro in London hajviy gazetasini tahrir qilgan va Punchning eng yaxshi xodimlaridan biri sifatida vafotigacha shu gazeta rivojiga o'z hissasini qo'shgan. U The Times va The Morning Herald gazetalarida faol jurnalist sifatida ish olib borgan. 1846-yilda o'tkazilgan "Illustrated London News " jurnaliga bir qator yengilroq maqolalar bilan hissa qo'shgan va "Oyning almanaxi" ga vaqt topib, ellik yoki oltmishtagacha pyesalar, shu jumladan Charles Dickensning dramatiklashtirilgan versiyalari ham bor edi.

Kambag'allarning qonun komissari sifatida u ichki ishlar vaziriga Andoverdagi ishxona mojarosi bo'yicha qimmatli hisobot taqdim etdi va 1849-yilda u metropoliten politsiyasi magistri bo'ldi.

U Fransiyaning Bulon-sur-Mer shahrida tif isitmasidan vafot etgan va Highgate qabristonining g'arbiy tomoniga dafn etilgan[1] (№7604 raqamli qabr).

Uning akasi ser William à Bekket (1806-1869) Avstraliyaning Viktoriya shtatining bosh sudyasi bo'lgan.

U Viktoriya davrining boshqa ikki yozuvchisi Gilbert Artur à Beckett va Artur William à Beckettning otasi edi.

Ijodiy faoliyatidagi ishlari tahrir

  • The King Incog, (1834)
  • The Revolt Of The Work-House, (1834)
  • The Man With The Carpet Bag, (1835)
  • Posthumous Papers Of The Wonderful Discovery Club, (1838) [written as: POZ]
  • The Chimes, (produced:1844) [with Mark LEMON]
  • Scenes From The Rejected Comedies, (1844)
  • Hop O' My Thumb, (1844) written as: POZ
  • Comic Blackstone, (1844)
  • Timour; or, The Cream Of Tartar, (:1845)
  • The Comic History Of England, (1847–48)
  • The Comic History Of Rome, (1851)
  • Sardanapalus; or, The 'Fast' King Of Assyria, (1853)
  • The Fiddle Faddle Fashion Book [written as: POZ]

Manba:[2]

Foydalanilgan adabiyotlar tahrir

  1. Cansick, Frederick Teague. The Monumental Inscriptions of Middlesex Vol 2. J Russell Smith, 1872 — 91 bet. 2021-yil 15-oktyabrda qaraldi. 
  2. „Author - Gilbert Abbott à Beckett“. Author and Book Info.

Havolalar tahrir

  • Works by Gilbert Abbott À Becket at Project Gutenberg
  • Works by Gilbert Abbott à Beckett at Faded Page (Canada)
  • Works by or about Gilbert Abbott à Beckett at Internet Archive
  • "Punch, or, The London Charivari, 1841", Science in the 19th Century Periodical
  • "The comic history of England". Colour engravings by John Leech with text by Gilbert Abbott À Beckett. BibliOdyssey
  • À Beckett, Gilbert Abbott & Leech, John. The comic history of England, London : Bradbury, Agnew, & Co., [1864]
  • À Beckett, Gilbert Abbott & Leech, John. The comic history of England, London : George Routledge, New York : E. P. Dutton, [1894]
  • Portraits of Gilbert Abbott A'Beckett at the National Portrait Gallery, London